Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Markazlar va bo'limlar

Buxgalteriya

Usmonov Xoshim Asomiddinovich

Buxgalteriya boshlig'i
E-pochta: usmonovhoshim@gmail.com
Telefon raqam: +998933555201
Fax: +998933555201
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba (09:00-17:00 )

Vazifalari

  • O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish xaqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning xolatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning xolati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Ish xaqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini urnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni uz muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, vazirlar maxkamasining Qarorlari, vazirlikning xay’at qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMsining moliya-xujalik faoliyatiga, OTMsi tuzilmasiga va uni rivojlantirish istikbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa xujjatlarni bilish.
Malaka talablari:
  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.