Institut nizomi
Taʼlim yo‘nalishlarining nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday taʼlim yo‘nalishlari mos deb hisoblanadi.
Oliy taʼlimning turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Respublikaning barcha hududlarida respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi arizalar qabul qiluvchi Hududiy ishchi guruhlar o‘z faoliyatini olib boradi.
Hududiy ishchi guruhlar har yili 15-iyungacha (yoki bahorgi semestr uchun 20-dekabrgacha) Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi buyrug‘i asosida tashkil yetiladi. Hududiy ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan masʼul OTMda hamda vazirlikda faoliyat yuritadi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim yetadi.
Talabalikka qabul qilingandan soʼng tegishli dekanatga yotoqxona talabnomasi bilan murojaat etiladi.
Ariza qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (@eduuz, www.edu.uz) tomonidan eʼlon qilinadi va kuzgi semestr bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar (hamda uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semyestr bo‘yicha 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar) quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tiladi:
- pasport nusxasi;
- reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma yoxud transkript nusxasi (bittasi bo‘lsa kifoya);
- talabalar safidan chetlashtirish buyrug‘ida ko‘chirma yoki arxiv maʼlumotnoma (tiklash uchun)
Arizada o‘qigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi.
Oliy taʼlim muassasalarining boshqa taʼlim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish yoki oliy taʼlim muassasasiga o‘qishni tiklash to‘g‘risidagi arizalar tegishliligi bo‘yicha quyidagi komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi:
-Oliy taʼlim muassasasi komissiyasi;
-OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi;
-Davlat komissiyasi.
O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim yetish — har yili
15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi. Bu masalada 4 ta vaziyatli holat bo‘lishi mumkin. Har bir holatda qaror qabul qilish vakolati quyidagicha:
BIRINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bir oliy taʼlim muassassi (OTM) doirasida bo‘lsa.
1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, Oliy taʼlim muassasasi komissiyasi!
2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
IKKINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bitta vazirlik (idora) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo‘lsa.
1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
UCHINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash alohida (ikkita) vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo‘lsa.
1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
TO‘RTINCHI VAZIYAT: Xorijiy (akkreditatsiyaga ega bo‘lgan) oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirish.
Variant: Yo‘nalishlar mos va turdoshligidan qatʼiy nazar, Davlat komissiyasi!
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim yetiladi.
Oliy taʼlim muassasalarda tahsil olayotgan barcha talabalarga, kursidan qatʼiy nazar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi. Biroq, agar namunaviy o‘quv rejadagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshsa, bu talabalarning o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizasiga oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan rad javobi berilishiga asos bo‘ladi.
Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
-akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
-birinchi kursning birinchi semestri tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga;
-o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda (muayyan kursga (semestrga));
-talabaning shaxsiy yig‘ma jildi belgilangan muddatlarda taqdim yetilmaganda;
-O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qigan taʼlim yo‘nalishiga turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishga;
-to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya yetilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
-oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;
-xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qigan taʼlim yo‘nalishiga turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishiga;
-xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga;
-respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan o‘zga (boshqa) taʼlim shaklida o‘qiganlarga;
-oliy taʼlim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
-maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
-iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan va ish faoliyatiga mos taʼlim yo‘nalishlarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar boshqa taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
-bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga (maxsus sirtqi taʼlim shaklida o‘qigan taʼlim yo‘nalishi yoki tegishli kurs mavjud bo‘lmagan taqdirda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shaklining mos taʼlim yo‘nalishiga tiklash bundan mustasno);
-O‘zbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida tashkil yetilgan qo‘shma taʼlim dasturlaridan respublika oliy taʼlim muassasalarining umumiy tartibdagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga;
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilish uchun tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining mulkchilik shakli bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari birdek o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi. Faqatgina tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi o‘z davlatida oliy taʼlim muassasasi sifatida davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar faqat mos va turdosh yo‘nalishlarga o‘qishini ko‘chira oladi. Ular Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Har yili 15-iyulgacha o‘tish bali belgilanadi. Agar o‘qishini ko‘chirayotgan talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plasa, bazaviy kontrakt asosida o‘qishini ko‘chira oladi. O‘tish balidan past ball to‘plaganlar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirishda oilali talabalarga imtiyozlar ko‘zda tutilmagan. Agar talaba xorijiy oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kirgandan so‘ng turmushga chiqqan bo‘lsa, ushbu talaba bahorgi semestr boshlanishidan oldin ham o‘qishini turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va imtihonlarda ishtirok yetishi mumkin.
Top-1000 talikka kirgan OTMlardan o‘qishini ko‘chirayotganlar ham Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yo‘nalishlarga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Har yili 15-iyulgacha o‘tish bali belgilanadi. Agar o‘qishini ko‘chirayotgan talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plasa, bazaviy kontrakt asosida o‘qishini ko‘chira oladi. O‘tish balidan past ball to‘plaganlar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablarga quyidagilar kiradi, o‘quv yili mobaynida:
1. Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tishi.
2. Davlat organlarining xodimi sifatida turmush o‘rtog‘i yoki (voyaga yetmagan talabaning) ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Mana shu 2 ta holat uzrli sabablar yetib tan olinadi. Bundan boshqa har qanday holat uzrli sabab hisoblanmaydi.
Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor bo‘lgan talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi ruxsat yetilgan talabani kursini belgilashda umumkasbiy va mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor bo‘lgan fan ham inobatga olinadi. Mazkur fanlar farqi 4 tadan ortiq bo‘lgan holatda talabaning o‘qishi muayyan kursga tavsiya yetilmaydi.
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlarning o‘tish ballari tizimida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan har yili 15-iyul kuniga qadar o‘zlarining rasmiy saytlarida yeʼlon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari uchun vazirlik rasmiy sahifalarini (@eduuz, www.edu.uz) kuzatib boring.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistraturasida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi.