Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat
Ergashev Po'lat Begmatovich
E-pochta: yoshlar.bilan.ishlash.uzfi@gmail.com
Telefon raqam: +998 88 911-44-77
Fax: +998 88 911-44-77
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha
Vazifalari
Mustaqil Respublikamizning istiqboli har jihatdan yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Xususan, Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limining asosiy vazifasidir.
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo`lim Nizomiga binoan faoliyat ko`rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g`oyalar ta`siridan himoya qilish hamda mustaqil O`zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ma`naviy-ma`rifiy va tarbiya ishning asosiy yo`nalishlari:
– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas`uliyatni oshirish;
– talabaning shaxs sifatidagi, o`ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o`qishga va kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy mas`ullik hissini keng targ`ib qilish;
– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko`nikmalarni kengaytirish;
– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta`magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
– talaba yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
– manzillashgan ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ`ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo`lga qo`yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ`ibotiga bag`ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma`naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko`maklashish;
- universitetda ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, bu borada zarur me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta`minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste`dodini yuzaga chiqarishga ko`maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma`naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko`maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining shahar, tuman bo`limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg`armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetdagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarni bevosita yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.