Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Kasaba uyushma qo‘mitasi

Kasaba uyushma qo‘mitasi
 O‘zbekiston-Finlyandiya instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ), O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Universitet Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda ish beruvchi bilan tuzilgan Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi.
 Universitet rahbariyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa aʼzolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan.
  Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi:
1.    Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
2.    Kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
3.    Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, qo‘mita va Rayosat aʼzolari hamda taftish komissiyasi aʼzolari saylanadi.
4.    Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari konferensiya Prezidiumi, Plenumi va Rayosat qarorlari bajarilishini taʼminlashda qatnashadi.
5.    Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i aʼzolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.
6.    Aʼzolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.
    Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari
Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi aʼzolarining mehnati, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy, inteleektual-huquq va manfaatlari hamda ularning oila aʼzolarining haq-huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari bilan birgalikda madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish;
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari va ularning yaqinlarini (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va farzandi) ning sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasidagi ishlarni olib borish;
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.