Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

ABDULLAYEV ABUBAKIR NARZULLAYEVICH

Fakultet dekani

ABDULLAYEV ABUBAKIR NARZULLAYEVICH

E-pochta: .
Telefon raqam: +998 (66) 222-69-27
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:
  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;
  • Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.
Bilishi kerak:
  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;
  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;
  • Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.
Malaka talablari:
• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;
• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.
Men Abdullaev Abubakir Narzullaevich 1973 yil 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilganman.
Otam – Abdullaev Narzulla, 1940 yil tug‘ilgan.
Onam -  Abdullaev Nazokat, 1950 yil tug‘ilgan.
1980-1990 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli 2-o‘rta umumta’lim maktabini o‘qiganman. 1991-1997 yillarda SamDU Matematika fakultetini tugatganman. 
1994-2002 yillarda SamDU Hisoblash markazi operatori, dasturchi lavozimlarida ishlaganman.
2002-2023 yillarda SamDU axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasida assistent, axborotlashtirish texnologiyalari markazi boshlig‘i, dotsent lavozimlarida ishladim.
Hozirda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Amaliy matematika va fizika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Oilaviy ahvolim – uylanganman, uchta farzandim bor.
Oilamizda sudlarganlar yo‘q.
Hozirgi vaqtda Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 10/39 uyda yashayman.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh