• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Abdullayev Abubakir Narzullayevich

Fakultet dekani

Abdullayev Abubakir Narzullayevich

E-pochta: aniq.va.amaliy.uzfi@gmail.com
Telefon raqam: +998 (66) 222-69-27
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:

  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;

  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;

  • Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;

  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;

  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;

  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;

  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.

Bilishi kerak:

  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;

  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;

  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;

  • Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.

Malaka talablari:

• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;

• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;

• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;

• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.

1973-yil, 6-oktyabrbr kuni Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanida tugʻilgan.
1997-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tamomlagan.
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni: texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyati:
1995-1996 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Hisoblash markazi operatori.
1996-2002 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Hisoblash markazi matematik programmisti.
2002-2016 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasida o‘qituvchi.
2016-2019 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i.
2016-2023 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti.
2024-yil 4-sentyabrdan O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani. 

 

# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh