Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

FAYZULLAYEV ShARIPBOY NURULLAYEVICH

Kafedra menedjeri

FAYZULLAYEV ShARIPBOY NURULLAYEVICH

E-pochta: fajzullaevsaripboj@gmail.com
Telefon raqam: +998 90 213 14 66
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 9:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
  • Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
  • Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
  • Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
  • Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
  • Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
  • OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
  • Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
  • OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
  • OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
  • Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich 1959 yil 7 yanvarda Samarqand viloyati  Urgut tumanida tug‘ilgan. 1977 yil Samarqand Davlat pedagogika institutining Fizika matematika fakultetiga o‘qishga   qabul qilingan.  1981 yili o‘qishni tugatgan.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich mehnat faoliyatini 1981 yilda  Urguti tumaniga karashli 60-o‘rta maktabi hamda 99-o‘rta maktablarida  fizika-matematika  o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich 1983 yil  Samarqand Davlat Pedagogika institutining Fizika matematika fakulteti Informatika va hisoblash kafedrasida laborant lavozimiga ishga olingan. 1987-1991 yy Moskva shahridagi Pedagogika fanlari akademiyasining kunduzgi bo’lim aspiranti. 1991 yilda 13 00 01-ixtisosligi bo’yicha pedagogika nazariyasi va tarixi yo’nalishining P.F.N. ilmiy darajasini olgan. 1991 yildan boshlab Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 1998-yilda OAK ning dotsentlik unvonini olgan. 1998 yil  mart oyidan boshlab SamDU Pedagogika fakultetini o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lavozimida  ishlagan. 2000-yil  SamDU Pedagogika fakultetini dekani  lavozimida  ishlagan.
2000-2007 yillarda Sam DU Umumiy pedagogika va psixologiya  kafedrasi mudiri lavozimida, 2018-yildan Sam DU Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, 2023-yildan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, v.b professori lavozimini bajarib kelmoqda.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich o‘z raxbarligida jamoadagi bir necha o‘nlab professor-o‘qituvchilarning ilmiy daraja va unvonlarni qo‘lga kiritishiga imkoniyatlar yaratdi.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich  ilmga chanqoqligi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi, izlanuvchanligi bilan institut va fakultet professor-o‘kituvchilar orasida  alohida ajralib turadi. Bugungi kungacha Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich  4 ta o‘quv qo‘llanmasi va 1 ta darsligi vazirlik  kengash grifi bilan chop ettirilgan. 2 ta  uslubiy qo‘llanmasi, 100 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Bundan tashqari, Xalqaro anjumanlar va Respublikadagi ilmiy-amaliy jurnallarda ta’lim-tarbiyaga oid maqolalari bilan muntazam  ishtirok etib keladi.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich rahbarligida magistrlar uz muddatida va muddatidan oldin bir nechta shogirdlari ximoya qilib O U Yu larida faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 2022-2023 o‘quv yilida 3 ta Xalqaro nufuzli Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzishga erishgan.
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich siyosiy jihatdan chiniqqan, kamtarin, halol inson, yaxshi oila boshlig‘i. Oilali, besh nafar farzandning otasi.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh