Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

SATTOROV ERMAMAT NORQULOVICH

Kafedra menedjeri

SATTOROV ERMAMAT NORQULOVICH

E-pochta: *
Telefon raqam: *
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 9:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
· O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
· Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
· Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
· Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
· Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
· Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
· Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
· Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
· OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
· Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasini ta’minlash;
· Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
· Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini
yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
· Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki
turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
· Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
· Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil
qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
· Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
· OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar
bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
· Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy,
ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
· Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
· Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va
uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
· Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
· Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
· Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Sattorov Ermamat Norqulovich 1965 yil 1 iyulda Samarqand viloyati  Qo‘shrabot tumani Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan. 19721982 yillar o‘rta maktabda o‘qigan, 1982 yil Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga   qabul qilingan.  1983–1985 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 1985 –yildan o‘qishni davom ettirib, 1989 yilda o‘qishni imtiyozli tugatgan.
Ermamat Sattorov 1989-1992 yillar – Samarqand davlat universiteti aspirant, 1992-1997 yillar – Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika” kafedrasi assistenti, 1997-2003 yillar – Samarqand davlat universiteti “Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2003-2006 yillar – Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi” kafedrasi doktoranti, 2006-2011 yillar – Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi” kafedrasi dotsenti, 2011-2018 yillar – Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksional analiz” kafedrasi dotsenti, 2018-2019 yillar – Samarqand davlat universiteti o‘quv–uslubiy boshqarmasi  uslubchisi,  2019-2023 yillar – Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksional analiz” kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2023 yil fevralidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti “Matematika va informatika” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
Ermamat Norqulovich Sattorov 1994 yil 19 yanvarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.V.Romanovskiy  nomidagi Matematika institutining ixtisoslashgan kengashida “Chegarasi kompakt bo‘lmagan cheksiz sohada subgarmonik funksiyalarning integral tasviri” mavzusida nomzodlik, 2018 yil 26 aprelda O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika instituti huzuridagi  DSc.27.06.2017.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengashida 01.01.02–differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha “Birinchi tartibli chiziqli elliptik tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasi” mavzusidagi fizika–matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muaffaqiyatli himoya qildi.       Bugungi kunga qadar 1 ta monografiyasi, 2 ta o‘quv qo‘llanmasi , 10 ta  uslubiy qo‘llanmasi, respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalari, respublika va xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya materiallarida 140 ga yaqin ma’ruza tezislari chop ettirilgan. Shulardan 12 tasi Scopus ва Web of Science bazasiga kirivchi jurnallarda chop ettirilgan.  Sharof Rashidov nomidagi SamDU huzuridagi Ilmiy darajalarf beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh