Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

ESHNAZAROV JURAQUL

Kafedra menedjeri

ESHNAZAROV JURAQUL

E-pochta: *
Telefon raqam: *
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 9:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
· O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
· Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
· Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
· Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
· Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
· Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
· Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
· Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
· OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
· Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasini ta’minlash;
· Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
· Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini
yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
· Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki
turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
· Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
· Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil
qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
· Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
· OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar
bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
· Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy,
ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
· Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
· Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va
uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
· Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
· Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
· Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Eshnazarov Juraqul XXX

1945-yil 15-sentabr, Samarqand viloyati, Urgut tumani, Jartepa mahallasi, Usta Abdullo qishlog‘i, dehqon oilasida to‘g‘ilgan.
1962-yilda Urgut tumanidagi o‘rta maktabni a’lo baholar bilan to‘gatgan va 1968-yil Samarqand davlat pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinib 1972-yil muvafaqiyatli to‘gatgan.
1973-1976-yillar davomida Moskva davlat jismoniy ratbiya universitetida “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura mutaxassisligida tahsil olgan.
1963-1964 yy. - Urgut tumanidagi maktab o‘qituvchisi,
1964-1966 yy. - Harbiy xizmatda,
1966-1968 yy. - Urgut tumanidagi «Zarafshon» jamoa xo‘jaligi yoshlar qo‘mitasi kotibi,
1968-1972 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi,
1972-1973 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi,
1973-1977 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi,
1977-1978 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya kafedrasi  katta o‘qituvchisi, kafedrasi mudiri,
1978-1983 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti gimnastika va sport o‘yinlari kafedrasi mudiri,
1983-1986 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti, jismoniy madaniyat fakulteti dekani,
1986-1988 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fakulteti dekani
1988-1989 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti dekani,
1989-1992 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti partiya qo‘mitasi kotibi, jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi dotsenti,
1992-1996 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti kechki va sirtqi bo‘lim bo‘yicha prorektori,
1996-1997 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekani,
1997-1998 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi mudiri ,
1998-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti dekani, sport pedagogika fanlarini o‘qitish uslubiyati kafedrasi professori,
2012-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sport o‘qitish metodikasi kafedrasi professori,
2016 -2021yy.-Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat nazapriyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, professori lavozimida faoliyat yuritgan.
2021-yil O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda
Eshnazarov Juraqul faoliyati davomida 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari e’lon qilgan, jumladan 50 ta xalqaro va 100 ta respublika jurnallarida ilmiy maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 50 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan, shundan 3 ta darslik 11 ta o‘quv qo‘llanma 5 ta uslubiy qo‘llanma 15 ta uslubiy ko‘rsatma chop etgan.
Eshnazarov Juraqul 13-00.01-Pedagogika nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha Pedagogika fanlari nomzodi 2008-yilda professor unvoniga sazovor bo’lgan.
Eshnazarov Juraqul Mustaqilligimizning 15-yilligi va 32-yilligida ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 1990-1995-yillar Samarqand shahar xalq deputatligiga saylangan.
Eshnazarov Juraqul ishiga ma’suliyatli, talabchan, mehnatsevar, Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan iqtidorli faxriy va jonkuyar mutaxassisilardan biridir.
Oilali 7 nafar farzandi bor.Hozirgi kunda mehribon bobo 20 dan ortiq nevara 30 dan ortiq chevarani tarbiyalab kelmoqda.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh