Kafedra menedjeri
Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich
Ko'proq ma'lumot
Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
Kafedra faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Kafedrada malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;
Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Kafedra tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.
Bilishi kerak:
Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;
Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;
Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.
Malaka talablari:
• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
- 1984-yil, 21-iyunda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
- 2009-yil Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetini bakalavriat bosqichini;
- 2012-yil Samarqand davlat universiteti Lingvistika o‘zbek tili magistratura bosqichini tamomlagan.
- Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD)
- Mehnat faoliyati:
- 2012-2013 y. y. Samarqand davlat universiteti hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti kafedrasi kabinet mudiri
- 2013-2014 y. y. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
- 2014-2018 y. y. Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
- 2019-2022 y. y. Turkiya Respublmkasi Mugla Sitki Kochman (davlat) universiteti doktoranti
- 2022-2023 y. y. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
- 2022-2023 y. y. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i (vazifasini bajaruvchi)
- 2022-2024 y. y. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
- 2024-2025 y. v.h. Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
| # | Nomi | Darajasi | Chop etilgan sana | Yukalsh |
|---|
