Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

BOLTAYEV BAXTIYOR RUSTAMOVICH

Kafedra menedjeri

BOLTAYEV BAXTIYOR RUSTAMOVICH

E-pochta: boltayevbaxtiyor24@gmail.com
Telefon raqam: +998902703124
Qabul kunlari: Qabul vaqti 8:00 dan 16:00
Manzil: Samarqand viloyati Oqdaryo tumani S.Ayniy ko`chasi 10 uy

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

∙ O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
∙ Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
∙ Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
∙ Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
∙ Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
∙ Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
∙ Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
∙ Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
∙ OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
∙ Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
∙ Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasini ta’minlash;
∙ Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
∙ Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini
yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
∙ Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki
turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
∙ Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
∙ OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
∙ Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
∙ Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil
qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
∙ Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
∙ OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar
bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
∙ Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy,
ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
∙ Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
∙ Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
∙ Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash;
∙ Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
∙ Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
∙ Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
∙ Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va
uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
∙ Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
∙ Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
∙ Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Boltayev Baxtiyor Rustamovich

Boltayev Baxtiyor Rustamovich 1981-yil 14-fevral kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 1998 yil maktabni tamomlagan, 1999-yil A.Navoiy nomli SamDUning musiqa fakultetiga o’qishga kirib, 2003-yil bitirdi. O’sha yildan boshlab “Musiqa o’qitish metodikasi va xalq cholg’u asboblari” kafedrasida konsertmeystirlik vazifasida ishlay boshlagan. 2004-yil magistratura bo’limiga o‘qishga kirib 2006-yil bitirdi va faoliyatini kafedrada asessentlik lavozimida davom ettira boshladi.
2006-2021-yillar oralig’ida Samarqand Davlat Universiteti musiqa ta’limi yo’nalishida o’z faoliyatini olib bordi. Boltayev Baxtiyor Rustamovich 2021-yil yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Boltayev Baxtiyor Rustamovich o’z mehnat faoliyati davomida tinim bilmay ishlaydi. O’z ishining mohir ustasi, o’z kasbiga mehr bilan yondoshib  talabalar hamda hamkasblar o’rtasida alohida hurmatga sazovor bo’ldi.
Boltayev Baxtiyor Rustamovich tomonida keying yillarda 2 ta xalqaro  va 5 ta mahalliy OAK jurnallarida maqola chop ettirilgan, bundan tashqari 2022-yil dekabr oyida  “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘llari (mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha (Phd) dessertatsiyasini himoya qildi va pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh