Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

BO`TAYEVA UMIDA ALIBOYEVNA

Kafedra menedjeri

BO`TAYEVA UMIDA ALIBOYEVNA

E-pochta: botayeva83@mail.ru
Telefon raqam: +998979170983
Qabul kunlari: Qabul vaqti 8:00 dan 16:00
Manzil: Samarqand viloyati Jomboy tumani Davcharariq qishlog`i

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
· O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
· Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
· Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
· Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
· Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
· Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
· Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
· Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
· OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
· Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasini ta’minlash;
· Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
· Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini
yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
· Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki
turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
· Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
· Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil
qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
· Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
· OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar
bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
· Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy,
ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
· Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
· Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va
uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
· Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
· Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
· Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

BUTAYEVA UMIDA ALIBOYEVNA 

Butayeva Umida Alibovna Samarqand viloyati Jomboy tumani Davcharariq qishlog’i ishchilar olasida, 1983 yil 17 iyul kuni tavallud topgan. 
1989 yil Jomboy tumani Xalq ta’limiga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabini 1 sinfiga qabul qilgan va maktabni a’lo baholar bilan 2000 yil tamomlagan. 
2002 yil Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti birinchi boschiq talabaligiga qabul qilingan. 2006 yili univesitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan 
2006-2008 yillar psixologiya yo’nalishi bo’yicha magstratura mutaxassisligida tahsil olgan.
2007 yil 1-son Samarqand pedagogika kolleji pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi lavozimidan o’z mehnat faoliyatini boshladi.
2008-2012 yy. -Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2012-2013 yy. Toshkent mehmonxona xo’jaligi kasb-hunar kolleji psixologi, 2013 y. Toshkent viliyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  o’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri, 2013-2014 yy. -Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogaka, psixologiya va menejment” kafedrasi mudiri v.b., 2014-2015 yy. -Samarqand shahar Siyob tibbiyot kolleji “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2016-2018 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pelagogika universiteti tayanch doktaranti, 2019-2020 yy. - Samarqand viloyati halq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dosenti v.b.
2019 yil O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc27.06.2017.Psi.01.07. raqamli Ixtisoslashgan kengashda psixologiya fanlari doktori, professor. Safayev Nuriddin Salixovich, ilmiy rahbarligida “Psixologik yetuklikning ijtimoiy-psixologik asoslari” mavzusida psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini yoqladi.
2020 yil noyabr oyidan Samarqand davlat universiteti “Psixologiya nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchisi, 2021 yil 26 iyuldan  “Psixologiya nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.
2022 -2023 yy. –Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi dosenti v.b. lavozimida faoliyat olib borgan.
2023-yil 10 avgustdan boshlab O’zbekist-Finlandiya pedagogika istituti “Psixologiya” kafedrasi mudiri lovozimida faoliyat olib bormoqda.
Uning “Ta’limda interfaol metod va treninglar” (2018) nomli o’quv qo’llanmasi, “Psixologik yetuklik darajasini tashxis qilishning ilmiy-uslubiy jihatlari” (2017), “Ta’lim muassasalarida muammoli o’qitishning psixologik asoslari” (2020), “Rahbar xodimlar faoliyatida muloqot madaniyatining ahamiyati” (2020) nomli uslubiy qo’llanmalari, “Psixologik yetuklik darajasini tashxis qilishning psixologik xususiyatlari” (2020) nomli monografiyasi,  “Shaxs psixologiyasi” (2022) nomli o’quv qullanmasi, 70 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy nashrlarda e’lon qilingan.
Butayeva U.A. Samarqand viloyati XTXQTMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dosenti v.b., Markaz Ilmiy-metodik kengash kotibi, Markaz ishlab chiqarish yig’ilish kotibi sifatida faoliyat yuritgan (2020 y.), O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda psixolog sifatida faoliyat olib bormoqda. 
Butayeva U.A.  ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Samarqand viloyati XTXQTMOHM barcha mutaxasisilikdagi pedagoglarga “Ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv” va “Muloqot madaniyati” modullaridan hamda Samarqand davlat universitetida bakalavr va magistrlar uchun o’qiladigan qator ixtisos kurslari, maxsus tanlanma fanlar o’quv dasturlarini tuzgan, bu fanlardan ma’ruza matnlari va o’quv qo’llanmalar tayyorlagan. O’zbekist-Finlandiya pedagogika istitutida “Psixodiagnostika” fanidan dan dasturini tayyoragan va shu asosida talabalarga ta’lim berib kelinmoqda.
Butayeva Umida Aliboyevna ishiga ma’suliyatli, talabchan, mehnatsevar, Respublikamizda psixologiyaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan iqtidorli yosh olim va jonkuyar mutaxassisilardan biridir.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh