• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Jiyanqulova Rahima Xayrullayevna

Kafedra menedjeri

Jiyanqulova Rahima Xayrullayevna

E-pochta: texnologik.talim.uzfi@gmail.com
Telefon raqam: +998 90 271-71-69
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda San’atshunoslik fakultetida Umumtexnika fanlari va texnologiyalar  kafedrasiga ham asos solindi. Kafedraning birinchi mudiri pedagoghika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jiyanqulova Rahima Xayrullayevnadir. Umumtexnika fanlari va texnologiyalar  kafedra tashkil etilganda asosiy shtatda 3 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 3 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedrada bugungi kunda, 1nafar dotsent, 2 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: “Texnologiya fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda.

Kafedra a’zosi texnika fanlari nomzodi dotsent Tolib Qurbonovich Ostonov San’atshunoslik fakulteti jamoatchilik kengashi raisi,  pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD) Sh.Mamasoliyeva fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqoda. Kafedrada 60112300-Texnologik ta’lim yo‘nalishiga 2021-2022 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakliga 50 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 46 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:

– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;

– talabalarda o’rganish, texnologik jarayonlarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– texnologiya darslarida tayyorlanadigan buyumlarni konstruksiyasini va texnologiyalarini  qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– talabalarda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– talimga doir qonun hujjatlari bilan tanishtirish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– talabalarni bo‘lajak pedagog- kadrlarni kiasbiy  faoliyatida qo’llay olish ko‘nikma va malakalarini  shakllantirishdan iborat.

Bakalavriatda 4 ta fan:

  • Texnologik jixozlar xavfsizligi

  • Materialshunoslik KM

  • Texnologiya ta’limi praktikumi

  • CHizma geometriya va muxandislik grafikasi

Ilmiy salohiyat

2020 – 2021 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 2 nafar filologiya fanlari doktori (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:

– 1 ta ilmiy ish;dissertatsiya  himoyasi;

– 10 ta OAKda;

– 9 ta xalqaro ilmiy maqola;

– 4 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.

2023 yil kafedraning nomi “Texnologik ta’lim” nomiga o’zgartirildi.

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Kafedra qoshida 3 ta fan, ijodiy va ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:

1. “Mohir qo’llar” to‘garagi. To‘garakda 20 ga yaqin  to‘garak aʼzolari bilan turli buyumlarni yasash texnologiyalari  o‘rganiladi va yangi loyihalari tuziladi.

 2. “Yosh duradgorlar” to‘garagi. Ushbu to‘garak talabalarda  yog’och materiallaridan turli buyumlar texnologik xaritalarini tuzish va tayyorlash materiallarni tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3. “Ijodkor texnologlar” to‘garagi. To‘garakda texnologik ta’limni yangi pedagogic texnologiyalar asosida o’qitish, yangi o’qitish usullari va usluvlarini o’rgatish va kasbiy,ijodiy darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar dotsent , 3 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi , 1 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi  faoliyat yuritmoqda.

Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 2 ta monografiya va 1ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.

Shuningdek, 5  nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

1969-yil, 10-aprel  kuni Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tugʻilgan.
1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan;
2007-yilda Samarqand davlat universitetining aspirantura bosqichini tamomlagan.
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati:
1992-1999 yillar  Qoshrabot tumani 11- umumiy o’rta ta’lim maktabida mehnat ta’limi o’qituvchisi.
2000-2001 yillar Samarqand shahri 37-maktab mehnat ta’limi o‘qituvchisi.
2001-2004 yillar Samarqand shahri 1-pedagogika kolleji “Mehnat ta’limi” kafedrasi mudiri.
2004-2007 yillarda  Samarqand davlat universiteti aspiranti, 
2008-2021 yillarda  - Samarqand davlat universiteti umumtexnika fanlari kafedrasi o‘qituvchisi
2021-2023-yillar SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,  “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasida mudiri.
2023-yil 20-yanvardan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri.

# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh