Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

ABDUMANNOTOV ELBEK ABDUMAJIDOVICH

Kafedra menedjeri

ABDUMANNOTOV ELBEK ABDUMAJIDOVICH

E-pochta: abdumannonovelbek82@gmail.com
Telefon raqam: +998 97 408 57 72
Qabul kunlari: Dushanba–Shanba soat 9:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
  • Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
  • Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
  • Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
  • Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
  • Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
  • OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy- tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
  • Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
  • OTMsi (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
  • OTMsining axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
  • Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Abdumannatov Elbek Abdumajitovich 1982-yil 3-noyabrda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
1999-yilda Qo‘shrabot tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Tarix” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Ushbu yo’nalishni 2003-yil bakalavr, 2005-yilda magistratura, 2008-yili aspirantura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan.
Pedagogik faoliyatini 2001-yildan Toshkent shahar 49-sonli umumiy o’rta maktabning tarix fani  o‘qituvchisi sifatida boshlagan. So’ngra 2002-2003 yillarda Toshkent shahar, Mirobod tumani 110-sonli maktabda davlat va huquq fani o‘qituvchisi, 2004-2006 yillarda TATU qoshidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi, 2009-2010 yillarda “Testolog Servis” MChJ o‘quv markazi tarix fani o‘qituvchisi, 2010-2019-yillarda SamDU akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi, 2019-2020-yillarda SamDU huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi, 2020-2023-yillarda SamDU “Fakultetlararo pedagogika” kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
2023-yil 20-yanvardan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, “Pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.
E.Abdumannatov faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari e’lon qilgan, jumladan 4 ta xalqaro va 8 ta respublika jurnallarida ilmiy maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 20 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan.
Abdumannatov Elbek Abdumajitovich 2021-yil 10-sentabrda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va falsafa doktori (PhD) diplomini oldi. E.Abdumannatov “Pedagogika”  kafedrasi mudiri vazifasini bajarish bilan bir qatorda 2023-yil avgust oyidan Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli ilmiy kengash ilmiy kotibi va shu kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Abdumannatov Elbek Abdumajitovich o’z ishiga ma’suliyatli, talabchan, mehnatsevar, Respublikamizda pedagogika fani rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan iqtidorli yosh olim va jonkuyar mutaxassisilardan biridir.
Oilali 5 nafar farzandi bor.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh