Xorijiy tillar kafedrasi

Xorijiy tillar kafedrasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-son qaroriga asosan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilgan boʻlib, institut tarkibida Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti qoshida Xorijiy tillar kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada asosiy shtatda 19 ta (2 ta nemis tili bo‘yicha, 2ta fransuz tili bo‘yicha va 15 ta ingliz tili bo‘yicha) professor-o‘qituvchi  o‘rindoshlik asosida 21 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Hozirda kafedraning 13 nafar professor-o‘qituvchisi Xalqaro tan olingan va Milliy C1 til bilish sertifikatiga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedraning bosh mavzusi “Xorijiy tillarga o‘qitish uslubiyati va zamonaviy tilshunoslik masalalari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedra a’zolaridan A.A.Xasanov 2023-yilda PhD  dissertatsiya ishini himoya qildi,  M.Ashuraliyeva va G.Samatovalar 2026-yilning IV-choragida PhD  dissertatsiya ishini himoya qilishni rejalashtirishgan. Kafedra a’zolaridan  G.S.Azamatova, G.U. Kurbonova, M.T. Furqatovalar hozirda doktaranturada tahsil olmoqda. Har yili kafedra a’zolari tomonidan 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar va 5 tadan ortiq o‘quv  qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalar chop qilib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:

  1. Xasanov Akrom Anvarovich (katta o‘qituvchi)

  2. Xodjayorova Sayyora Abdullayevna (katta o‘qituvchi)

  3. Sadikova Suriya Saidovna ((katta o‘qituvchi)

  4. Bekkulova Xojar Zayniddinovna (katta o‘qituvchi)

  5. Azizova Bahora No‘monovna (katta o‘qituvchi)

  6. Quvondiqova Nilufar Oblaqulovna (Assistent o‘qituvchi)

  7. Ashiraliyeva Ma’mura Faxriddinovna(Assistent o‘qituvchi)

  8. Dusmamadova Gulsum Shuxratovna (Assistent o‘qituvchi)

  9. Samatova Gulnoza Ne`matjonovna(Assistent o‘qituvchi)

  10. Asadova Chexrangiz Salim qizi (Assistent o‘qituvchi)

  11. Ibrohimov Maqsud Mirsalim o`g`li(Assistent o‘qituvchi)

  12. Zaxidova Gulnoza Toxir qizi (Assistent o‘qituvchi)

  13. Aktamova Zarniso Farvez qizi(Assistent o‘qituvchi)

  14. Abdulloyeva Malikabonu Umedjonovna(Assistent o‘qituvchi)

  15. Orzikulova Mavsuma Mamatkulovna(Assistent o‘qituvchi)

  16. Axmadova Maftunaxon Ibodullo qizi (Stajyor-o‘qituvchi)

  17. Shodmonova Feruza Ilg`or qizi (Stajyor-o‘qituvchi)

  18. Miyassarova Nozima Ahmad qizi(Stajyor-o‘qituvchi)

  19. Xushmurodova Mohinur Shokir qizi (Assistent-o‘qituvchi)

1. 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasvifi
60111800-Xorijiy til va adabiyoti. ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’1im shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo‘llanish sohasi.
1.I.1. 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: iııgliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malaka talabining qo‘llanilishi.
Malaka talabi 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuasini ifodalaydi.
1.1.2.   Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
— 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’u1 oliy ta’1im muassasalarining professor - o‘qituvchi1ari;
— ta’1im yo‘na1ishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;
— o‘z vakolat doirasida bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo'limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
— bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
— oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
— oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
— kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar;
1.2. 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi.
1.2.1. 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda ingliz tili fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda ingliz tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofıq ta’lim muassasasini boshqarish;
-umumiy o‘rta ta’1im maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Bakalavriatda 26 ta fan o‘tiladi:

  • Xorijiy til va adabiyoti 1-kurs (asosiy) 4ta;

  • Xorijiy til va adabiyoti 2-kurs (asosiy) 5ta;

  • Xorijiy til va adabiyoti 3-kurs (asosiy) 9ta;

  • Xorijiy til va adabiyoti 4-kurs (asosiy) 8ta;