Rus tili va adabiyoti kafedrasi

Rus tili va adabiyoti kafedrasi tarixi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universiteti huzurida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-son qaroriga muvofiq Samarqand shahrida O‘zbekiston–Finlandiya Pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida Chet tillar va gumanitar fanlar fakulteti qoshida rus tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi faoliyat boshladi.
2021–2023-yillar davomida kafedraga professor I.T. Babaqulov rahbarlik qildi. Ushbu davrda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etildi. 2023-yil avgust oyidan boshlab kafedra faoliyati rus adabiyoti, adabiyotshunoslik, matn tahlili, stilistika hamda tilshunoslik kabi keng qamrovli ilmiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olib, faoliyat doirasini sezilarli darajada kengaytirdi. Natijada fakultet tarkibida rus tili va adabiyoti kafedrasi kengaytirilgan shaklda faoliyat yurita boshladi. 2023-yil 12-avgustdan Mavlyanova Tamila Baxrilloyevna rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri etib tayinlandi.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan yillik reja asosida samarali olib bormoqda. Dars jarayonlarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng joriy etilgan. Talabalarning bilim saviyasi va kasbiy kompetensiyalarini oshirish maqsadida 100 dan ortiq ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilg‘or pedagogik tajribalar namoyish etildi. Shuningdek, o‘quv yili davomida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan uslubiy seminarlar, davra suhbatlari hamda o‘zaro dars tahlillari o‘tkazilib, dars sifati va metodik ta’minotni yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Iqtidorli va bilimga chanqoq talabalarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan, ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida kafedrada ta’lim sifati izchil ravishda oshirildi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayoniga keng joriy etildi. Bu esa talabalarning rus tili va adabiyoti fanlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularning nazariy va amaliy bilim darajasining sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qildi. Talabalar bilan olib borilgan ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlar natijasida ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalari hamda kasbiy kompetensiyalari rivojlandi.
Iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha kafedra tomonidan umumiy hisobda 23 ta xo‘jalik shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnomalar ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, kafedraning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kafedra jamoasi chet el grantlarida faol ishtirok etib, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda. Natijada xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari kengaydi. Xususan, kafedra faoliyatiga yiliga 130 000 AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya jalb etilib, ushbu mablag‘lar ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilmoqda.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Ch. Radjobova 2025 -yil 15–28-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida joylashgan “Ustoz” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hududida o‘tkazilgan “Классная дружба” xalqaro loyihasining yakuniy bosqichida faol ishtirok etdi. Mazkur loyiha doirasida o’qituvchi Samarqand davlat pedagogika institutining 26 nafar talabalari bilan birgalikda ishtirok etib, talabalar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda interaktiv treninglarni tashkil etdi.
Loyiha jarayonida talabalar rus tilida erkin muloqot qilish, jamoada ishlash, madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu loyiha talabalarning til kompetensiyalarini mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mazkur xalqaro loyiha doirasida olib borilgan ishlar kafedraning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning xorijiy loyihalarda ishtirok etish faolligini kuchaytirishga xizmat qildi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Mavlyanova T.B. 2025 - yil 17–26-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasidagi G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan “Rus tili va rus xalq madaniyati maktabi” nomli madaniy-ma’rifiy loyihada faol ishtirok etdi Mazkur loyiha doirasida rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikalari, rus xalqining madaniy merosi, urf-odatlari va an’analari bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar hamda madaniy tadbirlar tashkil etildi. Ishtirok jarayonida Mavlyanova T.B. xalqaro tajriba almashish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur madaniy-ma’rifiy loyihada ishtirok etish kafedraning xalqaro faoliyatini kengaytirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Ch. Radjobova 2025 - yil 25–29-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ANO “Yevrosiyo” tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xalqaro inklyuziv kreativ industriyalar forumi”da faol ishtirok etdi. Forum doirasida inklyuziv ta’lim, kreativ industriyalarni rivojlantirish, madaniyat va ta’lim integratsiyasi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Mazkur xalqaro forumda ishtirok etish Z.Ch. Radjobovaga inklyuziv va kreativ yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda olingan bilim va ko‘nikmalarni kafedra faoliyati va ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkonini berdi. Ushbu ishtirok kafedraning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ANT “Yevrosiyo” tomonidan tashkil etilgan “Ta’til maktabi” loyihasida faol ishtirok etdilar. “Ta’til maktabi” jarayonida professor-o‘qituvchilar uchun ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar hamda tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu loyihada ishtirok etish kafedraning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri T.B. Mavlyanova Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Rus tili va madaniyatini chet elda asrash va qo‘llab-quvvatlash” nomli XV Xalqaro anjumanda faol ishtirok etdi. Ushbu nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etish T.B. Mavlyanovaga rus tili va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda olingan bilim va xulosalarni kafedra faoliyati va ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish imkonini berdi. Mazkur ishtirok kafedraning xalqaro nufuzini oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Samarqand davlat pedagogika institutida tashkil etilgan Yozgi maktablar faoliyatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi doimo faol ishtirok etadi. Ushbu Yozgi maktablar doirasida o‘quv-mashg‘ulotlar, mahorat darslari, ilmiy seminarlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. 2025 yildagi Yozgi maktabda dunyoning 10 dan ortiq xorijiy davlatlaridan tashrif buyurgan yetuk professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yozgi maktablar davomida zamonaviy ta’lim metodlari, rus tili va adabiyotini o‘qitishning innovatsion yondashuvlari muhokama qilinib, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar xalq ta’limi boshqarmalari bilan jami 14 ta hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu hamkorlik doirasida umumta’lim maktablari bilan o‘zaro tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand shahridagi 53-umumta’lim maktabi negizida kafedra filiali tashkil etildi. Mazkur kafedra filiali orqali talabalarning pedagogik amaliyoti, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ochiq darslar, seminar-treninglar hamda ilmiy-uslubiy tadbirlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Bulung‘ur tumani 55-umumta’lim maktabida “Rus tili” fanidan qo‘shimcha darslar tashkil etilgan. Ushbu darslar doirasida maktab o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish va tilga qiziqishini kuchaytirish maqsadida kitobxonlikni rag‘batlantiruvchi turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, rus adabiyoti va zamonaviy matnlarni chuqur tushunish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlar kafedra tomonidan ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni intellektual rivojlantirish va madaniy-ma’rifiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan doimiy tadbirlar tizimi sifatida olib borilmoqda.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Dmitrova Anna Vladimirovna — Janubiy Federal universitetining Filologiya va Muloqot Instituti direktori sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda Samarqand davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti kafedrasida o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. U o‘zining ilmiy faoliyatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik va muloqot nazariyasi sohalarida chuqur tadqiqotlar olib borgan. Dmitrova A.V. bir qator xalqaro va milliy ilmiy loyihalarda ishtirok etib, talaba va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori T.B. Mavlyanova 16–22 oktyabr kunlari MDH davlatlari parlamentlararo assambleyasida bo‘lib o‘tgan ‘Rus tili – MDH mintaqasida integratsiyalashgan muloqotning asosi’ mavzusidagi xalqaro anjumanda moderator sifatida faol ishtirok etdi. Tadbir davomida T.B. Mavlyanova mintaqa davlatlarida rus tilining o‘rni, uning kommunikatsiya va integratsiya jarayonlaridagi roli hamda ta’lim sohasidagi rivojlanish istiqbollari bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qildi. Shu bilan birga, u anjuman ishtirokchilarining savollarini qabul qilib, muhokamalarga rahbarlik qildi va ilmiy-amaliy tavsiyalar berishga hissa qo‘shdi.

Kafedrada “Ustoz–shogird” tizimi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tizim doirasida professor-o‘qituvchilar o‘z tajribalari va bilimlarini yosh tadqiqotchilarga o‘rgatish, ularni ilmiy izlanishlarga jalb etish va nashr faoliyatida yo‘naltirishga qaratilgan. Natijada 2024- 2025 o’quv yili davomida xalqaro ilmiy jurnallarda 90 ta maqola, respublika ilmiy jurnallarida 31 ta maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida 44 ta maqola, OAV jurnallarida 20 ta maqola chop etildi. Shuningdek, kafedrada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning ilmiy faoliyatdagi faolligini oshirish maqsadida “Любители русского языка” to‘garagi tashkil etildi. To‘garak doirasida talabalar muntazam ravishda ilmiy seminarlar, treninglar va loyihaviy ishlarda ishtirok etib, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va kommunikatsiya sohalarida o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  1. Talabalarni ilmiy loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish va ularning individual ilmiy ishlarini boshqarish;
  2. Ilmiy-tadqiqot ishlarida metodik yordam ko‘rsatish va natijalarni xalqaro platformalarda e’lon qilishga yo‘naltirish;
  3. Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy maslahatlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish;
  4. Talabalar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovlari va konferensiyalar tashkil etish orqali raqobat muhitini yaratish;
  5. Yosh olimlarning nashr faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy jurnal va anjumanlarda maqola chop etilishiga ko‘maklashish.

Natijada kafedra iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Institut rektorining 2025-yil 10-martdagi 46-ij-sonli “Professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalarning III an’anaviy ilmiy anjumanini o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil mart oyida fakultet miqyosida barcha yo‘nalish talabalarini qamrab olgan ilmiy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya doirasida talabalar o‘z ilmiy izlanishlari va loyihalarini taqdim etish, professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish, shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va nashr faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir talabalar va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil izlanishlarga rag‘batlantirish va fakultet miqyosida ilmiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kafedra o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning e’tirof etilishi
2025-yilgi ilmiy faoliyat natijalari va fakultet miqyosidagi konferensiya jarayonida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildilar: Radjobova Z.Ch. va Burxanova G.S. – “Eng faol professor-o‘qituvchilar”; Abruyeva G.Z. – “Eng faol yosh tadqiqotchi”.
Mazkur e’tiroflar kafedra jamoasining ilmiy va pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyatlari, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishdagi samarali ishlarini ta’kidlash maqsadida berildi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SAMARADORLIGI
2025 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 196 ta maqola va tezis nashr etildi: xorijiy ilmiy jurnallarda 102 ta ilmiy maqola (jumladan, 1 tasi WoS va Scopus bazalariga kiritilgan jurnallarda), mahalliy ilmiy jurnallarda 34 ta ilmiy maqola, xorijiy va mahalliy ilmiy anjumanlarda 42 ta tezis, OAV jurnallarida 18 ta maqola. Shu bilan birga 2 ta DGU tomonidan guvohnoma berildi va 1 ta monografiya, 6 ta o’quv qo’llanma nashr etildi.

Ma’naviy–ma’rifiy ishlarda kafedra doimo faol ishtirok etib, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan davra suhbatlari, ma’naviyat soatlari, uchrashuvlar, ochiq darslar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda.

2. Kafedra o‘qitiladigan fan dasturlari. Rus tili va adabiyoti kafedrasida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha zamonaviy va raqobatbardosh o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Xususan, TOP–300 talik reytingga kiruvchi Moskva davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari yaratildi.
Mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasasining asosiy ta’lim dasturlari asosida kafedraning faoliyatiga oid sillabuslar hamda ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ushbu hujjatlar xalqaro ta’lim standartlari, kompetensiyaviy yondashuv hamda fanlararo integratsiya tamoyillariga muvofiq tayyorlandi.
Shuningdek, rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri T.B. Mavlyanova Sankt-Peterburg davlat universitetining Asosiy ta’lim dasturlari kengashi a’zosi, shuningdek xalqaro ekspert sifatida faoliyat yuritib, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bu esa kafedrada ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kafedrada quyidagi fanlardan fan dasturlari yaratilgan:

  1. Rus tili praktikumi
  2. Mutaxassislikka kirish
  3. Chet el adabiyoti tarixi
  4. Rus tili stilistikasi
  5. Hozirgi rus tili tilshunoslik asoslari bilan I
  6. Rus adabiyoti tarixi I
  7. Ilmiy tadqiqot asoslari
  8. Hozirgi rus tili so'z turkumlari va morfologiyasi
  9. MDH xalqlari adabiyoti praktikumi
  10. Ifodali o'qish praktikumi
  11. Badiiy matnning lingvistik tahlili
  12. Rus tili o'qitish metodikasi
  13. Rus tili stilistikasi va adabiy matnning lingvistik tahlili
  14.  XX asrning ikkinchi yarmi rus dramaturgiyasi
  15.  Rus tilini o'rganishda an'anaviy va innovatsion texnologiyalar
  16. Zamonaviy rus adabiyotida fentezi janri
  17. Chet el bolalar adabiyoti
  18. O'zbekistonning rusizabon she'riyati
  19. Rus tili praktikumi (Orfografiya bo'limi)
  20. Umumiy tilshunoslik

3. 60111700 – Ona tili va adabiyoti (rus tili). Bakalavriat.
Samarqand davlat pedagogika institutining Rus tili va adabiyoti kafedrasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — bu institutning Tillar fakulteti tarkibida amalga oshiriladigan asosiy ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Yo‘nalish quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun yaratilgan: ta’lim jarayonida rus tilining nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o‘zlashtirish, pedagogik faoliyatga tayyorlash hamda rus adabiyoti sohasida malakali kadrlar tayyorlash.
Ta’lim haqida umumiy ma’lumot:

  1. Yo‘nalish kodi: 60111700
  2. Ta’lim muddati: 4 yil (kunduzgi ta’lim)
  3. Ta’lim shakli: Kredit-modul tizimi asosida.
  4. Jami kredit: 240 kredit (bir o‘quv yili — 60 kredit).

Ushbu ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalarga rus tili nazariyasi va amaliyoti, rus adabiyoti tarixi va nazariyasi, zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari, pedagogik metodika va dars rejalashtirish asoslari, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda amaliy pedagogik faoliyat bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida fanni o‘qitish hamda ta’lim muassasasini boshqarish bilan bog‘liq pedagogik va tashkiliy vazifalarni bajarishga tayyor bo‘ladi.
Yo‘nalish talabalarda chuqur til bilimlarini shakllantirish, rus adabiyoti bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, o‘qituvchilik faoliyatiga tayyor kadrlarni yetishtirish hamda ilmiy izlanishlar olib borish va pedagogik metodlarni amalda qo‘llashni maqsad qiladi.
Abituriyentlar institutga qabul jarayonida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tadi. Qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish, fanlar majmuasi va imtihonlar tartibi har yili 20 iyun va 20 iyul kunlari orasida amalga oshiriladi.
4. 
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
Rus tili va adabiyoti kafedrasida 26 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko’rsatadi.

  1. Mavlyanova Tamilla Baxrilloyevna – dotsent, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD), Sankt – Peterburg davlat universiteti Asosiy ta’lim dasturlari kengashi a’zosi, xalqaro ekspert, Rossiya Federatsiyasi tarjimonlar Ittifoqi a’zosi;
  2. Polikarpov Aleksandr Mixaylovich - professor, filologiya fanlari doktori, “Интерактивное переводоведение приарктического пространства” ilmiy markazi direktori;
  3. Rabbanakulov Xikmat Rabbanakulovich – dotsent, filologiya fanlari nomzodi
  4. Bekmirzayeva Lola Raxmatullayevna - filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)
  5. Yakubova Feruza Yusufovna - pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)
  6. Radjabova Zamira Chingizovna –  “Yevroosiyo” ANT murabbiyi
  7. Vohidova Nigora Abduzugurovna - “Yevroosiyo” ANT murabbiyi
  8. Burxanova Gulrux Sadriddinovna
  9. Urunova Feruza Xaydarovna
  10. Baxriyeva Sabina Sobirjonovna
  11. Yakubova Munavvar Ismailovna
  12. Bender Regina Suxrobovna
  13. Abruyeva Gulnoz Zafarovna
  14. Shodiyeva Matluba Soliyevna
  15. Xoliqulova Yulduz Shodiyevna
  16. Kudratova Gulrux Izzatullaevna
  17. Nurmuxamedova Mohira Uralovna
  18. Sultonova Zulxumor Sabatullayevna
  19. Ochilova Nasiba Nematovna
  20. Sultanmurodova Farangiz Akramovna
  21. Djurayeva Faraxbonu Ismatullo qizi
  22. Gulyamova Fotima Mexriddinovna
  23. Siddiqova Ilina Ilg‘izovna
  24. Negmatova Navruza Nodirovna
  25. Faxrutdinov Ramil Erikovich
  26. Yuldasheva Saodat Turakulovna