Matematika

Matematika kafedrasi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-son qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Institutda Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti bazasida Aniq fanlar kafedrasi tashkil etildi.

Institut rektorining 2023-yil 25-iyuldagi 76-ij-sonli buyrug‘i (Institut Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida) bilan Aniq fanlar kafedrasi Matematika va informatika hamda Fizika-astronomiya kafedralariga ajratildi.

Institut rektorining 2024-yil 4-sentabrdagi 146-ij-sonli buyrug‘i (Institut Ilmiy Kengashining 2024-yil 12-avgustdagi 14-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida) bilan Matematika va informatika kafedrasi Matematika hamda Informatika kafedralariga bo‘lindi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 4 ta monografiya tayyorlangan.

Kafedraning bosh mavzusi: “Ta’lim-tarbiya jarayonida matematika va uni o‘qitishning dolzarb muammolari”.

Bakalavriat bosqichida o‘qitiladigan fanlar

a) Majburiy fanlar bloki

  • Matematik analiz

  • Algebra

  • Analitik geometriya

  • Differensial geometriya va topologiya

  • Algebra va sonlar nazariyasi

  • Geometriya

  • Chiziqli algebra va analitik geometriya

  • Oliy matematika

  • Matematika o‘qitish metodikasi

  • Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi

  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

  • Funksiyalar nazariyasi

  • Kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi

  • Matematika tarixi

b) Tanlov fanlar bloki

  • Geometriyadan nostandart masalalar yechish metodlari

  • Matematik fizika tenglamalari

  • Funksional analiz

  • Maktab geometriya kursining murakkab masalalari

  • Maktab matematika kursining murakkab masalalari

  • Matematikani kasbga yo‘naltirib o‘qitish

  • Matnli masalalarni yechish metodlari

Magistratura bosqichida o‘qitiladigan fanlar

a) Majburiy fanlar bloki

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

  • Analizning tanlangan boblari

  • Geometriyaning tanlangan boblari

  • Oliy ta’limda matematikani o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari

b) Tanlov fanlar bloki

  • Abstrakt algebra

  • Sonli sistemalar

  • Matematika ta’limotida pedagogik kvalimetriya

  • Matematika ta’limotida STEAM texnologiyasidan foydalanish

  • Uzluksiz matematika ta’limining zamonaviy muammolari

  • Oliy matematik ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatini loyihalash

  • Optimal boshqaruv va o‘yinlar nazariyasi

  • Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

Ilmiy salohiyat (2025–2026-o‘quv yili, sentabr holatiga ko‘ra):
2 nafar fizika-matematika fanlari doktori (DSc), 3 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa fanlari doktori (PhD).
Kafedraning ilmiy salohiyati — 34,4 %.

Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar asosiy shtatda, 3 nafar ichki o‘rindosh, 2 nafar tashqi o‘rindosh, jami 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

  1. Raximov Nasriddin Nomozovich — pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent, kafedra mudiri

  2. Sattorov Ermamat Norqulovich — fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor

  3. Turdiyev Muradim Fayziyevich — fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

  4. Arziqulov Abduhaliq Ulashevich — fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

  5. Ibragimov Anvar Muxammadovich — fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

  6. Pardabayev Mardon Almuratovich — fizika-matematika fanlari falsafa doktori, dotsent

  7. Do‘stov Said Tuiboyevich — assistent

  8. Ermamatova Fotima Ermamatovna — assistent

  9. Kaxxarova Saodat Baxodirovna — assistent

  10. Kuljonov Javlon Nematovich — assistent

  11. Latipova Dildora Azamatovna — assistent

  12. Mardiyev Islomxon Raxmatullayevich — assistent

  13. Mirsanov Norbek Xusniddin o‘g‘li — assistent

  14. Normonov Basirdin Sirojjiddin o‘g‘li — assistent

  15. O‘ralova Maqsuda Izzatilla qizi — assistent

  16. Pulatov Oybek Ulashevich — assistent

  17. Qudratov Anvar Ergashevich — assistent

  18. Aktamov Husan Sanaqulovich — assistent

  19. Xaknazarova Xurshidabonu Kenjayevna — assistent

  20. Xamitov Shoxzod Normurodovich — assistent

  21. Xayrullayev Muhammad Saydulla o‘g‘li — assistent

  22. Xujamiyorov Islom Abdumalikovich — assistent