Fizika

Fizika kafedrasi haqida

Samarqand davlat pedagogika instituti Fizika kafedrasi institut Ilmiy Kengashining 2023-yil 23-iyuldagi 9-sonli qarori asosida Amaliy matematika va fizika fakulteti tarkibida “Fizika-astronomiya” kafedrasi sifatida tashkil etildi. Kafedra qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli ravishda rivojlantirdi.
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab kafedra “Fizika kafedrasi” deb qayta nomlandi. Institut Ilmiy Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qaroriga muvofiq, kafedra Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga o‘tkazildi. Ushbu tashkiliy o‘zgarishlar kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, tabiiy fanlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi, 6 nafar dotsent va PhD va 11 nafar assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari yuqori malakaga ega bo‘lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etmoqdalar.
Kafedra respublika va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari (jumladan, O‘zR FA, O‘zMPI, SamDU, CHDPU, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zMU, Rossiyaning Tambov davlat universiteti, IZMIRAN, Tojikiston milliy universiteti va hk.)  hamda yetakchi professor-o‘qituvchilar bilan keng qamrovli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Hamkorliklar doirasida ilmiy tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar va akademik mobillikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 25 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 2 ta monografiya, 170 dan ortiq ilmiy maqola (shundan 24 tasi Scopus bazasida indekslanuvchi jurnallarda), 20 dan ortiq elektron o‘quv qo‘llanmalar (DGU) hamda 10 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan. Ushbu ilmiy-ma’rifiy mahsulotlar ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-metodik jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy ta’lim talablari asosida metodik yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 60530500 – Fizika, 60110700 – Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, 60110800 – Kimyo, 60110900 – Biologiya, 60110600 – Matematika va informatika hamda 60540200 – Amaliy matematika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr talabalariga, shuningdek, “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlarga ta’lim-tarbiya bermoqda.
Fizika kafedrasi kelgusida ham zamonaviy ta’lim va ilm-fan yutuqlariga tayangan holda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.
Kafedra o‘qitiladigan fan dasturlari:
Bakalavr:
1-kurs talabalariga
1. Mexanika
2. Molekulyar fizika
3. Fizpraktikum
4. Umumiy fizika
2-kurs talabalariga
1. Elektr va magnetizim
2. Optika
3. Nazariy mexanika
4. Umumiy astronomiya
5. Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
6. Fizika jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
3-kurs talabalariga
1. Atom fizikasi
2. Nazariy fizika II
3. Fizika o‘qitish metodikasi I
4. Astronomiya o‘qitish metodikasi
5. Elektrotexnika va elektronika (TF)
6. Maktab fizika laboratoriya ishlari (TF)
7. Yarim o‘tkazgichlar fizikasi (TF)
8. Fizika va astronomiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash (TF)
9. Fizika va astronomiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyani qo‘llash (TF)
10. Fizika
4-kurs talabalariga
1. Nazariy fizika III
2. Fizika va astronomiya tarixi
3. Kvant elektronikasi (TF)
4. Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish (TF)
5. STEAM ta’lim tizimida fizika va astronomiyani o‘qitish (TF)
6. Amaliy elektronika asoslari (TF)
7. Elementar fizika kursini o‘qitish metodikasi (TF)
8. SCIENSE fanini o‘qitish metodikasi (TF)
Magistratura:
1-bosqich
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi.
2. Zamonaviy fizika va astronomiyaning fundamental asoslari, klassik va kvantaviy aspektlari.
3. Astrofizika va yulduzlar astronomiyasi (TF)
Kafedradaning  umumiy o‘quv soatlar yuklamasi 19 shtat birlikni tashkil qiladi. Ilmiy salohiyat 34%.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
1. Badalov Qodir Abdumalik o‘g‘li - kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
2. Abduraxmanov Muxiddin XXX - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
3. Kuliyeva Marxabo Xolbayevna - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
4. Qarshiboyev Qilichboy XXX - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
5. Meliyev Fatto Muhammadiyevich - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent v.v.b.;
6. Xoliqov Qurbonboy Tuychiyevich - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
7. Ikromov Amirxon Klichovich - assistent;
8. Karshiboyev Shavkat Esirgapovich - assistent;
9. Zoirov Sanjariddin Xolmuminovich - assistent;
10. Toshmuradov Nuriddin Pardaqulovich - assistent;
11. Turayev Jahongir Sharipovich - assistent;
12. Hamrayev Yuldash Burxanovich - assistent;
13. Norqulova Matluba Mamatmurod qizi - assistent;
14. Payzillayev A'zam Nurillayevich - assistent;
15. Imomov Bahodir Umirzoqovich - assistent;
16. Qayumova Kumush Abdurazzoqov - assistent;
17. Hayitov Shuhrat Asamidin o‘g‘li - assistent;
18. Tuxsanov Feruz Qaxramonovich - assistent;
19. Xodiyev Masrur - dotsent (Tojikiston).

Fizika kafedrasi o‘qituvchilari

Badalov Qodir Abdumalik o‘g‘li
badalovqodir@gmail.com

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2024-yilda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida «Qora o‘ralar atrofidagi zaryadlangan zarrachalar dinamikasi va tortishishning skalyar tenzor nazariyalarida barqarorlik masalalari» mavzusidagi 01.04.02-Nazariy fizika va 01.03.01-Astronomiya ixtisosliklari bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Jami 40 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 9 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 9 ta (Scopus 4 ta), xalqaro ilmiy konferensiyalarda 16 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 ta tezis chop ettirgan. H index: Scopus – 3, Web of science – 3, ResearchGate – 4, Google scholar – 3.
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58032364600
https://www.webofscience.com/wos/author/record/AEB-2830-2022
https://www.researchgate.net/profile/Kodir-Badalov?ev=hdr_xprf
https://scholar.google.com/citations?user=vU3nJSsAAAAJ&hl=en

Abduraxmonov Muxiddin
abduraxmonovmuxiddin33@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1989-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Fizika institutida «Взаимодействие когерентных световых пучков в среде с локальным инерционным откликом» mavzusidagi 01.04.05-Optika ixtissosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Turon Fanlar Akademiyasining akademigi. Jami 100 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 4 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 30 dan ortiq, xorijiy ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 15 dan ortiq, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 20 dan ortiq tezislari chop ettirgan.

Kuliyeva Marxabo Xolbayevna
kuliyevamarxabo@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent. 2002-yil noyabr oyida 01.04.05-Optika ixtisosligi bo‘yicha “Проявление межмолекулярных взаимодействий в колебательных спектрах ряда газовых и  жидкых  систем”  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  Chop etilgan ilmiy, o‘quv-uslubiy  ishlarining umumiy soni 65 ta, jumladan nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyingi nashr etilgan ishlari soni 45 ta, shulardan 20 tasi o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalardir. 2 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 5 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 9 ta (Scopus 1 ta), xalqaro ilmiy konferensiyalarda 18 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 ta tezis chop ettirgan.

Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich
xoliqov1978@mail.ru, qurbonboyxoliqov@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, 1978-yilda Qo‘shrabot tumani Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. 1995-yilda Samarqand davlat universitetining Fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1999-yilda bitirgan. 2000-2002-yillarda “Elektronika va mikroelektronika bo‘yicha pedagog” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada o‘qigan. 01.04.10-yarimo‘tkazgichlar fizikasi, 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Fizika) yo‘nalishlarida ilmiy foaliyat olib boradi. Jami 130 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 4 ta darslik, 2 ta 2 o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 5 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 25 dan ortiq, xorijiy ilmiy jurnallarda 60 dan ortiq (Scopus 10 ta), xalqaro ilmiy konferensiyalarda 40 ta dan ortiq, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 20 ta dan ortiq tezis chop ettirgan. H index: Scopus – 4, ResearchGate – 3, Google scholar – 9.
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57217972141

https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=&user=uFamUdYAAAAJ

Meliev Fatto Muxammadiyevich
meliyevfatto@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, v.b. dotsent. 1990-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida «Murakkab deformatsiyalangan yadrolarni xususiyatlarini tekshirishda Paul prinsipini hisobga olish» mavzusidagi 01.04.16-Atom yadro elementar zarrachalar ixtisosligi bo‘yicha Fizika-matematika fanlari nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Jami 50 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 2 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 10 dan ortiq, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 dan ortiq tezis chop ettirgan.

Qarshiyev Qilichboy
kkilicboj@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1993-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Moskva Umumiy fizika institutida «Акустическое обращение волнового фронта и нелинейные эффекты на границе раздела двух сред» mavzusidagi 01.04.03-Radiofizika ixtissosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodi, dotsent, dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Jami 50 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 5 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 9 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 16 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 18 ta tezis chop ettirgan.

Ikromov Amirxon Qilichovich
ikromovamirxon52@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 1975-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. 2021-yildan Samarqand davlat pedagogika instituti Fizika kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritadi. Jami 20 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 6 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 1 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 10 dan ortiq, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 dan ortiq tezis chop ettirgan.

Zoirov Sanjaridin Xolmuminovich
s.zorov88.fizik@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2017-yil Samarqand davlat universitetida 5A140203-Geliofizikda va quyosh energiyasidan foydalanish mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. Jami 50 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 10 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 22 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 18 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 10 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 15 ta tezis chop ettirgan. H index: Google scholar – 7.
https://scholar.google.com/citations?user=GJNfh_AAAAAJ&hl=ru

Karshiboyev Shavkat Esirgapovich
q.shavkat5453@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti.. 2017-yil Samarqand davlat universiteti 5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan. “Tashqi skalyar maydon mavjudligida qora o‘ralar atrofidagi geodeziklar va fazo – vaqt strukturalari” mavzusida 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika ixtisosligi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Jami 100 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 15 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 30 dan ortiq, xorijiy ilmiy jurnallarda 30 dan ortiq (Scopus 10 ta), xalqaro ilmiy konferensiyalarda 25 ta dan ortiq, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 ta dan ortiq tezis chop ettirgan. H index: Scopus – 2, Web of science – 2, ResearchGate – 3, Google scholar – 5.
https://www.webofscience.com/wos/author/record/LTZ-6346-2024

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57222817374
https://scholar.google.com/citations?user=8VMQMykAAAAJ&hl=ru

Toshmurodov Nuriddin Pardaqulovich
nuriddintoshmurodov94@mail.ru

Fizika kafedrasi assistenti. 2021-yil Samarqand davlat universiteti 5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. Jami 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 1 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 7 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 7 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 7 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 5 ta tezis chop ettirgan. H index: Google scholar – 3.
https://scholar.google.com/citations?user=UDWK_xsAAAAJ&hl=ru

Xamrayev Yuldash Burxanovich
hamraevuldas8@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2011-yil Samarqand davlat universitetida Astronomiya mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. Jami 20 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 1 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 2 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 8 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 7 ta tezis chop ettirgan. H index: Google scholar – 3.

To‘rayev Jahongir Sharipovich
jaxongirturayev137@gmail.com 

Fizika kafedrasi assistenti. 2015-yil Samarqand davlat universitetida Astronomiya mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. Jami 15 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, o’quv qo’llanma 1 ta, 2 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 8 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 5 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 2 ta tezis chop ettirgan.

Norqulova Matluba Mamatmurod qizi
matlubanorqulova6@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2022-yil Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat pedogogika universitetining magistratura bulimini tamomlagan. 2023-yilda O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida assistant lavozimida faoliyat yuritib boshlagan hozirda Samarqand davlat pedagogika institutining fizika kafedrasida assistenti lavozimida faoliyat yuritadi. Jami 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 6 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 4 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 10 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 6 ta tezis chop ettirgan.

Payzillayev A’zam Nurillayevich
payzullayev214@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2021-yildan O‘zR FА Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida  «SiO2 nanozarralarini suvning issiqlik fizikaviy xossalariga ta’siri» mavzusida 01.04.03-Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi ixtisosligi sohasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Jami 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 9 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 5 ta (Scopus 3 ta), xalqaro ilmiy konferensiyalarda 16 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 8 ta tezis chop ettirgan. H index: Scopus – 1, Web of science – 1, Google scholar – 1.
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59248194800
https://scholar.google.com/citations?user=0SN7iL8AAAAJ&hl=ru

 

Qayumova Kumush Abdurazzoq qizi
kumushqayumova90@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2019-yil Samarqand davlat universitetida Astronomiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida STEAM yondashuvi asosida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirish” (fizikanini dinamika bo‘limi misolida) mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda (mustaqil tadqiqotchi). Jami 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 4 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 6 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 6 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 13 ta tezis chop ettirgan.

Imomov Bahodir Umirzoqovich
imomovbahodir1986@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2009-yil Samarqand davlat universiteti 5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. “Raqamli ta’lim sharoitida talabalarga Optika bo’limini o’qitishning dasturiy didaktik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida 13.00.06-Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi sohasida ilmiy ish olib borilmoqda. Jami 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta DGU, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 8 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 6 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 7 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 6 ta tezis chop ettirgan. H index: Google scholar – 2.
https://scholar.google.com/citations?view_op=new_articles&hl=ru

Hayitov Shuhrat Asamidin o‘g‘li
shuhrathayitov34@gmail.com

Fizika kafedrasi assistenti. 2022-yil Samarqand davlat universiteti 5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha magistr darajasini himoya qilgan. Jami 10 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, OAK ro‘yxatiga kiritilgan respublikamizdagi nufuzli jurnallarda 6 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 5 ta, respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 5 ta tezis chop ettirgan. H index: Google scholar – 1
https://scholar.google.com/citations?user=ZQBnYcwAAAAJ&hl=ru