• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Texnologik ta'lim

Texnologik ta'lim kafedrasi haqida

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Texnologik ta’lim kafedrasi 2021-yil 7 avgust sanasida tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar fan doktori, 3  nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. Kafedra hozirgi Finlandiyaning Turku universiteti, Tomsk davlat pedagogika universiteti texnologiya va dizayn kafedrasi, Nordik xalqaro universiteti kabi oliy ta’lim muassalari va professor-O‘qituvchilari bilan keng qamrovli hamorlik qilib kelmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 20 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda 4 ta  monografiya, 50 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 10 dan ziyod ilmiy to‘plam, ishlab chiqarish mahsuloti uchun 4 ta patent, mobil ilovalr uchun  DGU lar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.

Kafedra huzuridagi ilmiy va ijodiy tO‘garaklar:mohir qO‘llar, hunarmandchilik, Robototenika, duradgorlik, metalga ishlov berish tO‘garaklari faoliyat yiritib kelmoqda.

Kafedra O‘qitiladigan fan dasturlari:

 Bakalavrda:

  • Metall va metallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
  • Gazlamalarga ishlov berish praktikumi
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar
  • Gazlamalar materialshunosligi
  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
  • Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari
  • Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash
  • Robototexnika asoslari
  • Texnologiya ta’limi metodikasi
  • Kasb hunarga yo'naltrish
  • Magistratura:
  • Ilmiy tadqiqot metodolosiyasi
  • Yangi O'zbekistoKasbga yo'naltirish diaenostikasi
  • Kasbga yo'naltirish diagnostikasi
  • Xalqaro tadqiqotlar va ta'limda innovatsion texnologiyalar
  • Texnologik ta'limning prosnostikasi
  • Kasbiy ma'naviyat

Kafedra professor-O‘qituvchilarining tarkibi:

Jiyanqulova Rahima Xayrullayevna – pedagogika fanlari bO‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.

Ostonov Tolib Qurbonovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mamasoliyeva Shohista Lutfullayevna- texnika fanlari bO‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Shukurov Shuhrat Nasimovich- assistent,

Naxalboyev Nazarbek Fazliddin O‘g’li- assistent,

Fozilov Behruz Qosimovich- assistent,

Jalilov Najmiddin-  assistent,

Tosheva Matluba Abdurashidovna-assistant.

Kafedradan chiqqan taniqli olimlar:

Ibragimov A’lam Amrilloyevich – pedagogika fanlari doktori, professor, Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga O‘rgatish milliy markazi direktori.