Biologiya

KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi №408 Qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida 15 ta kafedra shakllantirildi. Shular qatorida: Tabiiy fanlar kafedrasi ham tashkil etildi. Kafedra tarkibida bakalavr bosqichi uchun 3 ta “Kimyo”, “Biologiya”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yo‘nalishlari, magistratura bosqichi uchun 3 ta Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo, biologiya va geografiya) yo‘nalishlari mavjud edi. 2021-yil 6-avgustdan Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi munosabati bilan Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tashkil topdi. Tabiiy fanlar kafedrasi Aniq - tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida faoliyat olib bordi. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida 2021-yil 10-avgustdan F.A.Xamroyeva ishlab keldi.
2023 yil O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra (Bayonnoma 2023 yil №9) Tabiiy fanlar fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultet tarkibida Biologiya va geografiya kafedrasi ochildi.
2024 yil O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra (Bayonnoma №2, 2024 yil 7-sentabr) Biologiya va geografiya kafedrasi tarkibida bo‘lgan Biologiya ta’lim yo‘nalishi hamda Geografiya ta’lim yo‘nalishlari alohida kafedralarga ajratilganidan so‘ng Biologiya kafedrasi ochildi va kafedra mudiri lavozimiga Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  Mamadiyarov Muzaffar Umirzokovich tayinlandi. Hozirgi vaqtda kafedra mudiri sifatida dotsent Jumayev Shuhrat Maqsadovich faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:

  • o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
  • talabalarda biologiya faning nazariy asoslarini o‘rgatish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda laboratoriyada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining funksional savodxonligini oshirish;
  • talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • turli loyihalarda istirok etish, muammolarini hal qilish bo‘yicha ilmiy takliflar bilan qatnashish;

Bakalavriatda o‘tiladigan fanlar:
“Botanika”, “Sitologiya”, “Odam anatomiyasi”, “Zoologiya”, “Mikrobiologiya”, “Biologiya o’qitish metodikasi”, Genetika va seleksiya”, “O’zbekiston dorivor o’simliklari”, “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “Umumiy mikrobiologiya”, “Biotexnologiya”, “Biokimyo”, “Biokimyo va molikuliyar biologiya”, “Evalutsion ta’limot”, “Ekalogiya va atrof muhit muhofazasi”, “Biologiya tadqiqot usullari”, “Geobotanika”, “O’simliklar sitoembriologiyasi” va nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sport fiziologiyasi” va “Jismoniy tarbiya gogiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari”.
Magistraturada o‘tiladigan fanlar:
“Gelmentologiya”, “Masala va mashqlar yechish”, “Ekologik barqarorlik”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Enzimalogiya”, “Organik olam rivojlanishi va antropologiya”, “Biologiyaning konseptual asoslari”, “Biologiyadan fanlararo integrasiya”, “Hujayra va gen ingeneriyasi”.
Ilmiy salohiyat:
2025-2026 o‘quv yilida kafedrada Biologiya kafedrasida asosiy shtat birlik bilan ishlaydigan professor-o‘qituvchilar bugungi kunda 18 nafarni tashkil etib, shundan 4 nafar dotsent, 4 nafar PhD va qolgan 10 nafari assistent hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kafedra bo‘yicha ilmiy salohiyat 38.08 foizga teng.
Kafedra tomonidan 2025 yilda:
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 200 ga yaqin ilmiy maqola va 250 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.
Dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 1 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
“Yosh biologlar” to‘garagi. Ushbu to‘garakda 30 dan ortiq talabalar ustoz-shogird tizimida professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘zlarining ilmiy tadqiqot va startup loyihalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Professor-o‘qituvchiar tarkibi:

Rasmi

 

Elektron pochtasi

Asosiy shtat

  1.  

Jumayev Shuhrat Maxsadovich
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2025-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika institutida Biologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Xozirgi davrda 06.03.03-Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «Surxondaryo vohasida dorivor o‘simliklarning bioekologik va fitokimyoviy xususiyatlariga yetishtirish agrotexnologiyasining ta’sirini ilmiy asoslari» mavzusida doktorlik (DSc) ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifidir.

sh.jumaev19802102@gmail.comsh.jumaev_1980@mail.ru

  1.  

Murodkosimov Saydolim
Biologiya kafedrasi tibbiyot fanlar nomzodi dotsent, 2024-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi dotsent  lavozimida faolyatini davom ettirib kelmoqda.1990-yil “Ammofos ishlab chiqarishdagi zararli gazlarning bolalar organizimiga ta‘sirini gigienik baholash” mavzusida nomzodlik dessertatsiyasini himoya qilgan. 80 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Scopus bazasidagi jurnallarda 10 ta maqola, 4 ta o’quv qo’llanma.

murodkosimovsajdolim@gmail.com

 

  1.  

Mamadiyarov Muzaffar Umirzaqovich
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. 2025 yil sentabrdan Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti. 2023 yilda “Paulownia tomentosa, Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari va ulardan atmosfera havosini optimallashtirishda foydalanish (Samarqand shahri misolida)” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Jami 50 dan ortiq o ‘quv – uslubiy va ilmiy ishlari nashr etilgan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo’llanma, 2 monografiya chop etilgan.

muzaffarmamadiyarov1@gmail.com

 

  1.  

Rajamuradova Nuriniso Zaynitdinovna
Biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (Phd) katta o`qituvchisi. 2021 yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasida faoliyat yuritadi 2023 yil  Yaylov ozuqalariga qo‘shimcha oziqlantirishni tuvchalar organizmidagi almashinuv jarayonlariga va olingan uloqlarning rezistentlik ko‘rsatgichlariga ta’siri mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy maqola va uslubiy ishlar muallifi. Shundan 3 ta WS 5 tasi Scopus. Uslubiy ishlardan “Echkichilikni rivojlantirish va mahsuldorligini oshirishning biologik asoslari” deb nomlangan 1 ta monografiya va “Zoologiya  fanidan amaliy mashg`ulotlar”  deb nomlangan 1ta uslubiy qullanma  chop etgan.

rajamuradovan@gmail.com

 

  1.  

Turniyozova Nargiza Rahmonovna
2023-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent lavozimlarida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirda “Urbanizatsiya jarayonida gidrobiontlar tarqalishining ekologik aspektlari (Qarshi shahri va uning atrofi suv ekotizimlari misolida” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 15 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Shundan Scopus bazasida 1 ta ilmiy maqola va 1 ta o’quv qo’llanma chop etilgan.

turniyazovanargiza75@mail.com

  1.  

Usmanova Mahliyo Ibadullayevna
Biologiya fanlari falsafa doktori, (PhD). 2025 – yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasida  assistent lavozimida faoliyat yuritadi. 2025-yil “Tritikalе (triticosecale) navlarini qurgʻoqchilikka chidamliligining fiziologik asoslari” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini himaya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Jumladan Scopus bazasidagi jurnallarda 5 ta maqola, 2 ta o’quv qo’llanma.

makhliyou@mail.ru

 

  1.  

Djumayeva Zamira Utkirovna
2025-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritadi. 2025-yil “Samarqand shahri aeroplanktonlarining palinologik tarkibi” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Jumladan Scopus bazasidagi jurnallarda 6 ta maqola nashr etilgan.

djumayevazamira5@gmail.com

 

  1.  

Djalilov Farrux Sobirovich
Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) katta o’qituvchi, 2021-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent va katta o’qituvchi lavozimlarida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2025-yil “Zarafshon togʻ tizmasi buloq va chashmalari (Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae,
Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi (O‘zbekistonga qarashli qismi)” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.

farruxjalilov@gmail.com

  1.  

Alavdinov Muhammad Haqaitxon o‘g‘li
Biologiya kafedrasi assistenti. 2023-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent lavozimlarida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirda“Роль полиморфизма BCR, ABL1 в развитие гемабластозов” mavzusidailmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Shundan scopus bazasida 2 ta ilmiy maqola va 1 ta o’quv qo’llanma chop etilgan.

muhammadalaviddinov@gmail.com

 

  1.  

Buvrayev Nurali Ravshan o‘g’li
Biologiya kafedrasi assistenti, 2024- yilda biologiya kafedrasida ish boshlagan. U hozirgi kunda “Zarafshon daryosi o'rta oqimi baliqlari (Actinopterygii: Teleostei) faunasi va ekologiyasi” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirgi kungacha 11 ta ilmiy maqola chop ettirgan.

buvrayevn@gmail.com

  1.  

Obloqulov Jahongir Esanboyevich
Biologiya kafedrasi assistenti, 2024-yildan boshlab Samarqand davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi assistent lavozimida faolyatini davom ettirib kelmoqda.2025-yil “Tok rivojlanishini kuchaytiruvchi gibberellin kislota hosil qiluvchi sut achituvchi bakteriyalar asosida biopreparat yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Scopus bazasidagi jurnallarda 1 ta maqola, 2 ta o’quv qo’llanma.

jahongirobloqulov1992@gmail.com

 

  1.  

Gulboyev Doston Toir o‘g‘li
2024-yildan Samarqand davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasida assistent bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. 2025-yildan “Biotexnologiya” fanini o‘qitish metodikasini zamonaviy dasturiy vositalar yordamida takomillashtirish
(Pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Gulboyev Doston Toir o‘g‘li hozirgi kunga qadar xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan.

dostongulboyev2@gmail.com

 

  1.  

Tolibova Munisa Jurabek qizi
Biologiya kafedrasi assistenti. 2023-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent lavozimlarida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirda“Shahar sharoitida dominant daraxt turlarining og’ir metallar bilan ifloslanishi hamda ekologik xususiyatlarini o’rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Shundan scopus bazasida 1 ta ilmiy maqola va 1 ta o’quv qo’llanma chop etilgan.

munisatolibova679@gmail.com

 

  1.  

Sharifmurodov Karamatullo Ibroximzoda
Biologiya kafedrasi assistenti. 2023-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent lavozimida faoliyatini davom  ettirib  kelmoqda. 2025 yildan “ O’zbekiston florasida Juncaceae oilasi ”  mavzusi buyicha ilmiy ishini davom ettirib kelmoqda. Scops bazasiga kiradigan jurnallarda 2 ta, 5 ta mahalli va xalqaro OAK, va 10 dan ortiq boshqa jurnallarda maqola chop ettirgan.

sh.karomatullo.95@gmail.com

 

  1.  

Xaydarov Siroj Safarovich
Biologiya kafedrasi assistent 2023-yildan buyon Samarqand davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasida assistent lavozimlarida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2017-yildan “Yaylov oziqalari bilan oziqlantirilgan tuvchalarning hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining sifatiga ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdab. 40 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Shundan scopus bazasida 6 ta ilmiy maqola va 1 ta o’quv qo’llanma chop etilgan.

sirojxaydarov565@gmail.com

 

16.

Xo‘jamov Shahboz Alisher o‘g‘li
Biologiya kafedrasi assistenti, 2023- yilda biologiya kafedrasida ish boshlagan. U hozirgi kunda “G‘arbiy Zarafshon tog‘ tizmasida o‘suvchi daraxtchil o‘simliklar nematodafaunasi” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirgi kungacha 20 ta ilmiy maqola chop ettirgan.

xujamovshaxboz479@gmail.com

17.

Xurramov Otabekxon G‘ayratxon o‘g‘li
Biologiya kafedrasi assistenti, 2022-yilda biologiya kafedrasida ish boshlagan. U hozirgi kunda “Glycyrrhiza glabra L. o’simligining tabiiy zaxiralari va ularni saqlash muammolari” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirgi kungacha 10 ta ilmiy maqola chop ettirgan.

otabekxurramov64@gmail.com  

18.

Narzullayev Sardorjon Nodirjon o’g’li
Biologiya kafedrasi assistenti, 2025 yilda biologiya kafedrasida ish boshlagan. U hozirgi kunda “Zarafshon vodiysida agrosenozlar va biosenozlarda uchraydigan o’simliklar nematodafaunasi va uning biosenotik xususiyatlari” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirgi kungacha 7 ta ilmiy maqola chop ettirgan.

snarzullayev684@gmail.com