Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi

Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi haqida

Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi 2025-yilda tashkil etildi va sentyabrdan boshlab alohida kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan:

  • 2 nafari fan doktori (DSc), dotsent;
  • 2 nafar dotsent;
  • 3 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  • 3 nafari katta o‘qituvchi;
  • 17 nafari assistentlardan iborat.

Jamiyat taraqqiyotida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar qatorida, jumladan, Samarqand davlat pedagogika instituti boshlang’ich va maktabgacha ta’lim yo‘nalishidan yetishib chiqayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar ijtimoiy hayotda xizmat qilib kelishmoqda.

Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi fanlarga hissa qo‘shgan olimlar:

  • Gulchehra Fayzullayeva (Umumiy pedagogika)
  • Eshim Mardonov (Matematika va uni o‘qitish metodikasi)
  • Maysara Nuriddinova (Asosxoi nazariyaviy fanlar)
  • Shaxlo Xudaykulova (“Mutaxasislikka kirish”)

Bugungi kunda ham fanlar yo‘lida izlanishlar olib borilmoqda. Kafedrada quyidagi fanlardan tajribali mutaxassislar bilim berib kelishmoqda:

  • Matematika va uni o‘qitish metodikasi
  • Tabiy fanlar nazariyasi va metodikasi
  • Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi
  • Tabiat bilan tanishtirish metodikasi
  • Nutq o‘stirish metodikasi
  • Bolalar jismoniy tarbiyasi

Malaka Talablari

Bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari

  • 60110500 – “Boshlang’ich ta’lim”
  • 60110200 – “Maktabgacha ta’lim”

Magistratura yo‘nalishi malaka talablari

  • 70110201 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)”