Jismoniy madaniyat va sport

KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universiteti qoshida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilingan va 2022 yilda mustaqil institut sifatida ajralib chiqgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga asosan O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti nomi Samarqand davlat pedagogika instituti nomiga o‘zgartirildi.
p.f.n.prof. Eshnazarov Juraqul 2021-yil 10-avgustdan - 2024 yil 7-sentabrgacha “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
p.f.d.(DSc) prof..Xaydarov Baxtiyor Tojiyevich 2024 yil 7-sentabrdan - 2025 yil 12-dekabrgacha “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
p.f.b.f.d.(PhD) dots. Dusanov Uchqun Suyunovich 2025 yil 12-dekabrdan hozirgi kunda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedraning professor o‘qituvchilari “Jismoniy madaniyat”, “Sport faoliyati”, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” bakalavr yo‘nalishlarining kunduzgi sirtqi va kechki ta’lim shaklidagi tahsil olayotgan talabalarga hamda 70111201-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisiligi bo‘yicha magistaratura ta’lim yo‘nalishiga barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tib kelishmoqda.
2025-2026 o‘quv yilida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilarni 32 nafari asosiy shtatda, 3 nafari ichki o‘rindosh hamda 3 nafari tashqi o‘rindosh asosida faoliyat yuritmoqda.
Shundan 2 - nafar p.f.d.(DSc) professor, 1 - nafar p.f.n. professor, 1 - nafar p.f.b.f.d.(PhD) dotsent, 5 - nafar dotsent, 2 - nafar kata o‘qituvchi 26 - nafari assistent hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kafedra bo‘yicha ilmiy salohiyat 26 foizga teng.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 14 - ta darslik, 27 - ta o‘quv qo‘llanma, 10 - ta monografiya, 6 - ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda, 100 dan ortiq ilmiy maqola va 300 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.
Kafedra huzurida “Fan sportga va sog‘lom hayot sari” nomli ilmiy to‘garak faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
- o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
- talabalarda jismoniy madaniyat va sportga ta’luqli nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining funksional savodxonligini oshirish;
- talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
Bakalavriatda o‘tiladigan fanlar:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi, Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, Yengil atletika va unio‘qitish metodikasi, Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish, Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, Futbol va uni o‘qitish metodikasi, Jismoniy tarbiya va sport metrologiyasi, Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (voleybol), Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (basketbol), Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda shaxmatni o‘qitish metodikasi, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi, Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (futbol), Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda yengil atletikani o‘qitish metodikasi, Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (gandbol), Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport, Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (badminton), Bolalarni suzishga o`rgatish metodikasi, Sport o‘yinlarini o`qitish metodikasi (stol tennisi), Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi, Boshlang‘ich tayyorgarlik  bosqichida mashg‘u1otlarni tashkil etish (volebol), Tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxassislika kirish, Milliy harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi, Voleybolni o‘rnatish metodikasi, Gandbolni o‘rgatish metodikasi, Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi, O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish(volebol), Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport huquqi, Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (volebol),
Magistraturada o‘tiladigan fanlar:
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy faoliyatlri tashkil qilish, Jismoniy tarbiya va sport nazmiv asi va metodoloeivasi, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta' lim yo‘nalishida o‘quv jarayonini tashkil qilish.