Milliy g'oya va falsafa kafesrasi tarixi
Ijtimoiy fanlar fakulteti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi Samarqand davlat pedagogika institutining yangi kafedralaridan biri hisoblanadi. 2024-yilda tashkil topgan.
Kafedra qoshidagi to'garaklar
Kafedra qoshida 2 ta “Iqtidorli talabalar” va “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garaklar talabalarda o‘z shaxsini rivojlantirish, iqdtidorini oshirish, shaxsiy xususiyatlarini takomillashtirish va kamolotga erishishga yo‘naltirilgan. Ular talabalarni dunyoqarashini kengaytirish, qiziqishini oshirish, ma’naviy targ‘ibotga tayyorlash va o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llay olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O'quv faoliyati.
Kafedrada jami 33 ta fanlar o‘qitiladi: asosiy fanlardan Falsafa, Dinshunoslik, Mediasavodxonlik, Kasb ma’naviyati, Tarix falsafasi va metodologiyasi, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot stratigiyasida ta’lim tizimidagi islohatlar, Ma’naviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari, Davlat va huquq nazariyasi, Ekstremizm va terorizmga qarshi kurashishning ma’naviy ma’rifiy asoslari, Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi (Mag), Tarbiya va huquq fanlarini o‘qitish metodikasi, Ma’naviyatning diniy asoslari (Mag), Milliy-ma'naviy yuksalish (Mag), Texnika va axborot texnologiyalar falsafasi (Mag), Sharq va g‘arb (mag), Ma’naviyat va din (mag), Tarbiya, Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, Globallashuv asoslari, Etnomadaniyat, Huquq sohalari, tanlov fanlardan: Oila ma’naviyati (mag), Milliy va ma’naviy tiklanish (mag), Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari(mag), Globallashuv va millat (mag), Tadbirkorlik huquqi, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kabilar. O’quv yili davomida bir qancha o’quv va uslubiy qo’llanmalar va darsliklar chiqarilgan.
ILMIY FAOLIYAT.
“Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasida bugungi kunda asosiy shtatda 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafar dotsent (PhD), 2 nafar assistent (PhD) va 8 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib borishmoqda. Kafedra ilmiy salohiyat 42% ni tashkil etadi. 2025-2026 o‘quv yilida 1ta Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlar doktori (PhD) muvaffaqiyatli himoya qilinindi.
Ma'naviy faoliyat
“Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan kafedraning maʼnaviy ishlari yillik ish rejasi asosida quyidagi mavzularda amalga oshiriladi: “Xalqaro tinchlik kuni”, “Ogohlik davr talabi”, “Ustozga ehtirom”, “Uy-ro‘zg’r maktabi”, “18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun”, “Konstitutsiya-davlatimiz qomusi” mavzularda “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining maʼruzalari tinglanib, jamiyatimizda mazkur mavzular naqadar muhim ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, boʻlajak pedagoglarga zamonaviy oʻqituvchi portreti haqida maʼlumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 2023-yil 2-maydagi 118-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2024-yilning 24-25-may kunlari “O‘zbekiston–Finlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
