Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi tarixi
Samarqand davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi 2025-yil 26-avgustdan institut kengashining 9-son qarori bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda jami 34 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bulardan: 1 nafar professor, 2 nafar v.b.professor, 2 nafari dotsent, 2 nafar v.b.dotsent, 2 nafari PhD va 25 nafar assistant bo‘lib ular ham qizg‘in faoliyat olib borishmoqda.
Kafedramiz tarixida institutimiz tashkil etilgandan buyon:
-
2021-2022 o‘quv yilida – Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
-
2022-2023 o‘quv yilida – Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
-
2023-2024 o‘quv yilida – Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi
-
2024-2025 o‘quv yilida – Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
-
2025-2026 o‘quv yilida – Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari
-
O‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish.
-
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish.
-
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish.
-
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish.
-
OTM va kafedrada stajor-tadqiqotchilar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish.
-
Mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish.
-
Talabalarni qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda foydali mehnat bilan band qilish.
-
Oliy ta’lim standartlariga muvofiq mashg‘ulotlarni yuksak darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash.
-
Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash.
-
Darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va qayta nashr etish.
-
DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy ta’lim dasturlari bilan solishtirish.
-
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish.
-
Kafedraning respublika va xorijiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, 8 tadan ortiq monografiya, 10 taga yaqin ilmiy-ommabop risola, 10 tadan ziyod ilmiy to‘plam, 600 taga yaqin ilmiy maqola va 100 tadan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan.
Ilmiy to‘garaklar
-
Jonajon tilim – 15 ta talaba.
-
Metodika saboqlari – 20 ta talaba.
-
Kichik tadqiqotchi – 56 ta talabalar.
-
Гулҳои умед – 38 ta talaba.
-
Yosh qalamkashlar – 33 ta talaba.
-
Mohir qo‘llar – maktabgacha ta’lim talabalari uchun.
-
Креативный учитель – boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun.
-
Lug‘at boyligini oshirish
-
Til va tafakkur
-
Yosh tadqiqotchilar – maktabgacha ta’lim talabalari uchun.
-
Qizil shapkacha – maktabgacha ta’lim talabalari uchun.
Kafedra o‘qitiladigan fan dasturlari
Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi
1-kurs (bakalavr) Kunduzgi:
-
Ona tili (O‘zbek, Rus, Tojik)
1-kurs Kechki:
-
Ona tili (O‘zbek)
2-kurs (bakalavr) Kunduzgi:
-
Ona tili (O‘zbek, Rus, Tojik)
2-kurs Sirtqi:
-
Ona tili (O‘zbek)
-
T.F. Ona tili praktikumi (O‘zbek)
Kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi
|
Ism-Familiya |
Lavozim |
|---|---|
|
Raximova Gulbahor Qarshibayevna |
v.b.professor |
|
Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna |
dotsent |
|
Gadayev Oybek Yaxshiboyevich |
dotsent |
|
Kayumov Nodir Nayimovich |
v.b.dotsent |
|
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich |
Professor |
|
Xujamkulova Nafisa Ruzikulovna |
v.b.dotsent |
|
Murodullayeva Dilsora Ilhom qizi |
Assistent |
|
Mirsanova Mohira Husniddin qizi |
Assistent |
|
Razakova Mashhura Kamaliddinovna |
Assistent |
|
Saydulloyeva Shohsanam Mashrabjonovna |
Assistent |
|
Tursunova Klara Nuriddinovna |
Assistent |
|
Ernazarova Laylo Abdusaitovna |
Assistent |
|
Xoliqova Matluba Mardon qizi |
Assistent |
|
Pulatova Nargiza Negmatovna |
Assistent |
|
Hayitova Muhabbat Shukrullayevna |
Assistent |
|
Sayfiddinova Jamila Ziyodulla qizi |
Assistent |
|
Baratova Shohsanam Baxtiyor Qizi |
Assistent |
|
Narziqulov Mehmon Qurbonaliyevich |
Assistent |
|
Roziqova Gulchexra Xazrotqulovna |
Assistent |
|
Xakimova Marxabo O‘raqovna |
Assistent |
|
Doniyorova Shohista Shodiyarovna |
Assistent |
|
Umarova Feruzabonu Bobir Qizi |
Assistent |
|
Zaynidinova Zulxumor Isamaddinovna |
Assistent |
|
G‘afurova Dilnoza Saloxiddinovna |
Assistent |
|
Muxtorova Zarrina Sultonovna |
Assistent |
|
Islamova Gulzamon Madiyevna |
Assistent |
|
Isayeva Dildora Sodikovna |
Assistent |
|
Turakulova Feruza Mamadoli Qizi |
Assistent |
|
Marupova Munira Egamberdiyevna |
Assistent |
|
Karimova Aziza Mamatkadirovna |
Assistent |
|
Shavazova Nilufar Musayevna |
Assistent |
|
Ahmedov Oybek Furqatovich |
Assistent |
