Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
«Badiiy grafika va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi universitet ilmiy kengashining 2010–yil 25-fevraldagi karori va universitet rektorining 2010 yil 7 iyundagi № 163 IJ buyrug‘i bilan 2010 yil 2 sentyabrdan San’atshunoslik fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladi. hozirgi kunda kafedrada texnika fanlari nomzodi, dotsent M.Umarov kafedra mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor E.Muhammadiyev, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent X.Jo‘rayev, texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar  S.Zohidov, I.Suvonqulov, katta  o‘qituvchi D.Ergashev, o‘qituvchilar: Xalq ta’limi a’lochisi A.Mo‘minov, B.Muxtarov, I.Izbosarov, D.Omonov, Sh.Oydinov, N.Mullajonova, E.Shavqiyevlar o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, tashkiliy uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borgan.
          Kafedra professor-o‘qituvchilari 5140900- kasbiy ta’lim, 5211200 – amaliy san’at yo‘nalishi, 5140200 mehnat ta’limi, 5140700- tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavrlariga kompyuter grafikasi, perspektiva, plastik anatomiya, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, hayot faoliyati xavfsizligi, tasviriy san’at umumiy tarixi, chizmatasvir, rangtasvir, loyihalash, buyumlarga badiiy bezak berish, geometrik chizmachiligi, naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, tasviriy san’at o‘qitish metodikasi, muhandislik grafikasi metodikasi, tasviriy san’at tarixi, qalamtasvir, kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish, haykaltoroshlik, chizma geometriya, geometrik va proyeksion chizmachiligi, mashinasozlik chizmachiligi, arxitektura – qurilish chizmachiligi, topografik chizmachilik, grafik tasvirlash asoslari, muhandislik grafikasi fanining o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan dars berib kelmoqdalar. 
        2010 yildan boshlab 5-A140901 kasbiy ta’lim (amaliy san’at) yo‘nalishi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga talabalar qabul qilindi. Magistraturada dars berish, ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik ishlarni o‘tkazish, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun professor E.Muhammadiyev, dotsentlar M.Umarov, I.Suvonqulov, X.Jo‘rayev, S.Zohidov, B.Qulnazarovlar jalb etilgan. 
       O‘quv ishlarini mazmunli olib borish maqsadida rangtasvir, loyihalash, mashinasozlik chizmachiligi, naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, chizma geometriya, geometrik va proyeksion chizmachiligi xonalari, ustaxonalar tashkil qilingan hamda jihozlangan. 
       Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga, iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e’tibor qaratilgan. Kafedraning bosh mavzusi: Oliy o‘quv yurtlari va kasb – hunar kollejlarida “Tasviriy san’at”, “Amaliy san’at” va “Chizmachilik” fanlarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini yaratish. 
        Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha kafedraning 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan rejasi tuzilgan bo‘lib, bunga professor-o‘qituvchilar jalb etilgan, ular o‘z mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar: 
        Iqtidorli talabalar har yili aprel oyida o‘tkaziladigan an’anaviy talabalar ilmiy anjumanlarda o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Kafedra qoshida “Musavvir” va “Naqqosh” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda 60 nafardan ortiq talabalar qatnashmoqda. To‘garaklarda taniqli rassomlar va xalq ustalarining ijodiy ishlari o‘rganiladi va talqin etiladi, bundan tashqari, talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan tanlovlarda qatnashib kelmoqdalar.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda chizish ,yasash , kompozitsiya tuzish  ,  yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– chizmachilik va tasviriy san’at fanlari darslarini  o’tish malakalarini shakinlantirish ;
– talabalarda  ijodiy ishlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– Tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish, asarlarni tahlil  qilish ko‘nikmasini shakllantirish;
– institut miqyosida va mamlakatimiz bo’ylab xalqaro miqyosdagi ko’rgazmalarda ishtirok etish ;
– talabalarda  milliy va san’atimiz haqida tushunchalarni shakinlantirish  
Bakalavriatda 13 ta fan:
– Qalamtasvir (asosiy);
– Rangtasvir (asosiy);
– Chizmachilik (asosiy);
– Chizma geometriya (asosiy);
– Tasviriy san’at o’qtish metodikasi (asosiy);
- Chizmachilik fanini o’qtish metodikasi (asosiy);
- Tasviriy san’at tarxi  (asosiy);
- Amaliy bezak san’ati (asosiy);
- Grafik tasvirlash asoslari (asosiy);
- Haykaltaroshlik (asosiy);
- Yog’och o’ymakorligi .Loyihalash (tanlov fan);
- Ganch o’ymakorligi.Tasviriy san’at va nusxa ko’chirish texnalogyasi (tanlov fan);
- Terminalogiya (tanlov fan);
Magistraturada 7 ta fan:
- Amaliy geometriya (asosiy)
- Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi (asosiy)
-Muhandislik grafikasi va kompiyuterli konstruksiyalash (asosiy)
-Chizmachlikda kompiyuterli loyihalash va dizayn (asosiy)
–Yaqqol tasvir nazariyasi (tanlov);
- Muhandislik grafikasining ilmiy terminalogiyasi (tanlov);
-Modellashtirish (tanlov)
Maktabgacha ta’limda 1 ta  fan:
-Tasviriy faoliyatga o’rgatish nazariyasi va metodikasi (asosiu)
Ilmiy salohiyat
2023– 2024-o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 1 nafar ilmiy darajasi bor professor (PhD) , 1 nafar texnika fanlari nomzodi (dots) , 1- nafar San’atshunoslik fanlar nomzodi (dots),2 nafar professor, 1 nafar dotsent va 11 ta assistant  vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 1 ta ilmiy ish;
– 40 ta OAKda;
– 25 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 12 Rispublikamiz miqyosida  maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 3 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 4 ta ijodiy  to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1.“NAQQOSH” ilmiy-ijodiy to’garagi 2022-2023 o’quv yilining sentyabr oyidan boshlab faoliyat olib borayapti. Mashg’ulotlat San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasining ijodiy zalida tashkil qilindi. Ushbu to’garakga tasviriy san’at va  muhandislik  garfikasi yo‘nalishining 9 nafar talabalari ishtirok etib kelmoqda. Ular rejada  ko’rsatilgan mavzularda i ijodiy izlanishlar olib bordmoqdalar.   Talabalar to’garak jarayonida naqshning elementlarini chizish ,naqsh kompozitsiyasini qog’oz yoki buyum yuzasiga kompanovka qilish , yo‘l ichida, kvadrat, uchburchak, doira va ko‘pburchaklar ichida naqsh kompozitsiya tuzish kabi mavzularda ishlar  bajarildi. Namuna sifatida ranglash, pardoz berish obi tortish kabi amallarni bajarib o‘zlashtirib kelishmoqda.         
2.“Amaliy san’at to’garagi To’garak faoliyatida dastlabki mashg’ulotda amaliy san’at turlari bilan tanishtirildi. Kashtachilikning amaliy san’atdagi o’rni haqida tushuncha berildi, kashtachilikdagi asbob-anjomlar haqida ko’rsatma berildi. Kashtachilikda chok turlari  bosma, chindahayol, kandahayol, iroqi, duro’ya, darafsht, piltado’zi kaboilar bilan tanishildi. Mazkur choklar qaysi mahalli kashtachilik hududiga tegioshli ekanligi va ular qanday buyumlarda ishlatilishi haqida tushunchalar berildi. Dastlabki amaliy mashg’ulot  bosma va yo’rma, iroqi choda dastro’molcha uchun matoga naqsh chizish va tikish. Bosma va yo’rma, iroqi choda dastro’molcha tikish.
To’garakga Yonalish Talabalaridan O’roqova Maftuna, Asadova Madina, Raxmatova Marjona, Faxriyeva Shirin, Raxmatova Madina , Haqberdiyeva Madina Shavkat,
3. “Grafika to’garagi” 2023-2024 o’quv yilida institutning “San’atshunoslik” fakulteti “Tasvitiy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi  talabalariga “Grafika (qalamtasvir)” to’garagi tashkil etilgan bo’lib, bu to’garak, o’zining tasdiqlangan “Ish rejasi”ga muofiq amaliy mashg’ulotlar olib bormoqda.
To’garakning 10 ga yaqin ijodkor a’zolari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlari institutimiz hamda viloyat miqyosida tashkil etilayotgan tadbir ko’rgazmalarida namoyish etilib kelmoqda.
“Grafika (qalamtasvir)” ijodiy kasbiy to’garagida amalga oshirilgan  ishlaridan lavhalar
4.“Haykaltaroshlik” - to‘garagi. Ushbu to‘garak har haftada bir marotaba  o‘tkazilib, mashg‘ulotlarda  haykaltaroshlik namunalarini yaratish jarayonlari o’rgatiladi . Talabalar tomonidan ijodiy ishlar yaratiladi 
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada  2 nafar professor , 1 nafar texnika fanlari nomzodi dotsent vazifasini bajaruvchi dotsent ,1 nafar san’atshunoslik  fanlari nomzodi dotsent , 1 nafar Falsafa  fanlari nomzodi  doktori(PhD),1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi o’qituvchi va 11 nafar assistant  o‘qituvchilar   faoliyat yuritmoqda.
Kafedramiz o‘qituvchilari 3 ta darslik, 5 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.