Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Sport turlarini o`qitish metodikasi kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligini tamonidan 2016 yil 16 dekabrda tasdiqlangan bo‘yrug‘iga asosan  Samarqand davlat universiteti rektorining 2017 yil 11-yanvardagi 19-ij bo‘yrug‘iga binoan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi negizida “Sport turlarini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etilgan.Ushbu kafedraning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak 1968-1969 o‘quv yilida tashkil etilgan «Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi faoliyati bilan bog‘lanadi.Chunki o‘sha kafedrada faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilarning baʼzilar xozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. 1968-2023 yillar davomida «Sport turlarini o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri lavozimida quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedrada o‘z faoliyatini olib borgan:
  • 1969-1974 - yillar Marakanov Boris Pavlovich
  • 1974-1978 - yillar Arutyunov Vladimir Ashertovich
  • 1978-1984 - yillar Xasanov Raxmat Sodikovich
  • 1984-1989 - yillar Eshnazarov Jo‘raqul Eshnazarovich
  • 1989-1990 - yillar Tamarov Vladimir Danilovich
  • 1990-1997 - yillar Babkin Viktor Mixaylovich
  • 1997-1999 - yillar Masharipov Yo‘ldosh Masharipovich
  • 1999-2008 - yillar G‘ulomov Aslam Xamzayevich
  • 2009-2011 - yillar  Ermatov Eshnazar Shermamatovich
  • 2012-2014- yillar Toshmurodov Otabek Erkinovich
  • 2014-2015 - yillar  Dusanov Uchqun Suyunovich
  • 2016-2017-yillar Boltayev Zayniddin Boltayevich
  • 2018-2021 yillar Qosimov Bekzod Zoirovich
  • 2021-2022-yillar Boltayev Zayniddin Boltayevich 
  • 2022-yildan hozirga qadar Turakulov Ibroxim Ravshanovich mudir lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda
Kafedrada 1968-2023 yillar davomida faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilardan S.A.Makaryans, E.A.Muxtorov, R.A.Asriyans, L.K.Maslakova, A.H.Hatamov, R.S.Hasanov, V.M.Babkin, G.B.Bilyalova, U.S.Dusanov, O.E.Toshmurodov, F.Qosimov, M.A.Xatamov, I.R.Turakulov, K.J.Norboyev, M.A.Imomov, N.B.Nazarov, Sh.N.Tuxtapulatov, F.M.Zakirov, U.Tojiyev, M.Ergasheva, F.Xaydarov, F.Burxonov, Sh.Ochilov, S.Abdumalikov, R.Abdualimov, I.Sh.Hamraqulova, M.M.Yusupov, R.R.Salixova, U.O.Nasimov, Z.X.Abduraximov, Sh.G‘.Xoldorov, K.S.Umarov, N.I.Do‘stmurodov, J.B.Norqobilov, I.I.Mirzayev, S.I.Maxmudova, K.M.Mirzayev, A.S.Safarovlar kafedraning taraqqiyoti uchun fidoiy xizmat qilishgan.
Kafedrada jahon chempionlari, osiyo chempionlari va Universiada chempionlari tahsil olmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
–o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalarga jalb qilish;
-iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, institut, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda va sport musoboqalariga qatnashishlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish;
-reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
-iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, institut rahbarlari, tajribali professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun ixtisosligi boʻyicha kasb oʻyinlari va tanlovlarni tashkil etish;
 Bakalavriatda 5 ta fan:
  • Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi
  • Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi
  • Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
  • Sport mahoratini oshirish
  • Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi
  • Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish
  • Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
  • Futbol va uni o‘qitish metodikasi
  • Tanlangan sport turida ilmiy-uslubiy faoliyat
  • Tanlangan sport turida rejalashtirish va hakamlik faoliyati
  • Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha)
  • O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha)
  • Sport mahoratini takomillashtirish bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha)
  • Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish
  • Milliy va harakatli oʻyinlarni oʻrgatish metodikasi
  • Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (yengil atletika, gimnastika)
  • Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (basketbol, suzish)
  • Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (voleybol, gandbol)
  • Milliy va harakatli oʻyinlarni oʻrgatish metodikasi
  • Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda gimnastikani o’qitish metodikasi
  • Sport o’yinlarini o‘qitish metodikasi (voleybol)
  • Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda shaxmatni o’qitish metodikasi
  • Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi
  • Bolalarni suzishga o‘rgatish metodikasi
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 1 ta ilmiy ish;
– 11 ta OAKda;
–8 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 2 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 14 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 1 ta ilmiy to‘garak hamda 7 ta sport  to‘garaklari faoliyat yuritmoqda:
1. “FAN SPORTGA” to‘garagi. To‘garakda 20 ga yaqin jismoniy tarbiya va sport  sohgasidagi ilmiy tadqiqot ishlari bilam shug’ullanuvchi talabalarni to’garaklarga jalb qilish orqali sportchilarni jismoniy tayyorgarligini aniqlash yo’laini o’ranadi 
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar pedagogika fanlari doktori, professor 1 nafar pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD dotsent, 1 nafar dotsent, 1 nafar kata o’qituvchi va 18 nafar o‘qituvchi  faoliyat olib bormoqda.
Kafedramiz o‘qituvchilari 2 ta darslik, 1 ta monografiya va 4 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 6 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.