Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Boshlang`ich talim nazariyasi kafedrasi

KAFEDRA TARIXI HAQIDA    
  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutifaoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosidaSamarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutitashkil qilindi. Institutda Boshlang’ich ta’lim va gumanitorfanlar fakultetida, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga ham asos solindi. Kafedraning mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shodiyev FaxriddinTeshayevichdir. Ayni damdagi Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi tashkiletilganda asosiy shtatda 4 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 3 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borishgan. Kafedrada bugungi kunda 3 nafar filologiya fanlari nomzodi,
 dotsentlar,1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar pedagogikabo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafarassistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagimavzusi: “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsiyon kasbiytayorgarligini oshirish muammolari”dir. Mavzuning qamrov doirasidaboshlangʼich taʼlim nazariyasining innovatsion mazmunini jahon standartlariasosida takomillashtirish muammolari, boshlangʼich matematika kursi nazariyasinioʼqitishning global integratsiyasi va samaradorligini oshirishning uslubiyati vajahon bolalar adabiyotida bashariy qadriyatlar va ona tabiatga boʼlgan muhabbatnitadqiq etish masalalari kabi yo‘nalishlar bor.
    Kafedramiz professor-o‘qituvchilari 2 ta darslik -Boshlang’ich sinflardaadabiyot o‘qitish metodikasi, Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi, 2 tamonografiya - Alisher Navoiy she’riyatida shoir hasbi holining badiiy talqiini, O‘zbek tilida toponegizlar shakllanishining lbngvistik xususiyatlari va 4 ta o‘quvqo‘llanma -Ona tili-boshlang’ich ta’lim uchin, Ona tili-maktabgacha ta’lim uchun, Ona tili va adabiyot, Maktabgacha ta’limda bolalarni savodxonlikka 
o‘rgatishlar,10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallardagi200 dan ortiq maqolalarning  mualliflaridir. Ushbu o‘quv yilida kafedraning kattao‘qituvchi Gadayev Oybek 
Yaxshiboyevich 10.00.01 O‘zbek tili ixtisosligibo’yicha “O‘zbek tilida toponegizlar shakillanishining 
lingvistik xususiyatlari(ishtixon va payariq tumanlari toponimlari misolida) (PhD) doktorlikdissertatsiyasini himoya qildi va tasdig‘ini oldi. Shuningdek, ko‘p yillik samarali
pedagoglik mahoratli faoliyati uchun Namazov Abdimurot Nazarovich dotsentlikunvonini oldi. Kafedra dotsenti Shodiyev Faxriddin Teshayevich Prezidentimiztomonidan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 30-yilligi estalik nishonibilan taqdirlangan bo‘lsa, dotsent Raximova Gulbaxor Qarshiboyevna Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Kafedramizning iqtidorli talabasiNorbekova Sitora Zayniddin qizi Alisher Navoiy nomidagi Davlat stirendiyasigasazovor bo‘ldi.
  Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Kafedramudiri dotsent Faxriddin Shodiyev Teshayevich institut kengashining va “Fan vata’lim integratsiyasi” ilmiy jurnali tahrirriyati 
a’zosi sifatida ham faoliyat olibbormoqda, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Raximova Gulbaxor 
Qarshiboyevna       institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi a’zosi, institut uslubiy kengashininga’zosi, institutda tashkil etilgan “Fan va ta’lim integratsiyasi” ilmiy jurnaliningma’sul kotibi vazifalarini bajarib kelmoqda, 
kafedra katta o‘qituvchisi HoshimBoymanov Isroilovich  o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyatolib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqda. Kafedra a’zolari 60110500 – Boshlang‘ichtaʼlim 2022-2023 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakliga 1013 nafar, kechkita’lim shaklida 130 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 660 nafar talabaga saboqbermoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish,masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
– Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash;
– Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
– OTM (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
– Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
– Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
– Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofik tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
– Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
– Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan ham mualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
– Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
– Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
– Kafedraning respublika ilmiy, ilmiy-metodik tashkilotlari hamda xorijiy turdosh muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va b.
Bakalavriat yo‘nalishidagi majburiy fanlar:
  • Ona tili va adabiyot
  • Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi 
  • Ona tili o‘qitish metodikasi
Bakalavriat yo‘nalishidagi tanlov fanlar:
  • Badiiy o‘qish asoslari
  • Boshlang‘ich ta’lim savodxonlikni oshirish
  • Boshlangʻich ta’limda didaktik asarlar orqali kitobxonlikni shakllantirish.
  • Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining nutq madaniyati
  • Ona tili praktikumi
Magistratura yo‘nalishidagi majburiy fanlar:
– Boshlang‘ich ta’lim fanlar nazariyasi
– Mutaxassislik  fanlarni o‘qitish  metodikasi 
–Pedagogik kompetentlik
Magistratura yo‘nalishidagi tanlov fanlar:
– Boshlang‘ich matematika kursida mantiq va algoritmlar 
–Boshlang‘ich sinfda ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar
– Ona tili oʻqitish metodologiyasi
– Oliy ta’lim menejmenti
–Pedagogik ritorika
Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari
–Yasashga doir geometrik masalalar
Ilmiy salohiyat
2020 – 2021 o‘quv yili boshida kafedrada 2 nafar filologiya fanlari doktori (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda edi.
2022-2023 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 3 nafar filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar,1 nafar pedagogika bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) va 1 nafar filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) hamda 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 50 ta ilmiy ish:
– 20 ta OAK jurnallarida;
– 21 ta xalqaro jurnallarda ilmiy maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 9 ta xalqaro  ilmiy konferensiyalarda masofadan ishtirok etilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 6 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
Qiziqarli ona tili (rahbari Sariyev Sherzod)
Kichik tadqiqotchilar (rahbari Namazov Abdimurot)
Kitob gulshani (rahbari Otayarova Umida)
Metodika saboqlari (rahbari Omonullayeva Maxfuza)
Husnixat (rahbari Saydulloyeva Shoxsanam)
Yosh qalamkashlar (rahbari Mirsanova Moxira)
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Ulardan 3 nafari filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent  faoliyat yuritmoqda.
        Kafedramiz professor-o‘qituvchilari 2 ta darslik(Boshlang’ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi, Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi), 3 ta monografiya(Alisher Navoiy she’riyatida shoir hasbi holining badiiy talqiini, O‘zbek tilida toponegizlar shakllanishining lbngvistik xususiyatlari) va 4 ta o‘quv qo‘llanma(Ona tili-boshlang’ich ta’lim uchin , Ona tili-maktabgacha ta’lim uchun, Ona tili va adabiyot, Maktabgacha ta’limda bolalarni savodxonlikka o‘rgatish)lar, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar mualliflaridir.