Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi

KAFEDRI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasiga ham asos solindi. Kafedraning birinchi mudiri filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich bo’lgan. O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedra tashkil etilganda asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 13 nafar professor-o‘qituvchi   faoliyat olib borgan. Kafedrada 2021-2022 yillarda 2 nafar professor, 2 nafar dotsent, 3 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar assistentlar faoliyat olib borgan.
O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasinig bo‘linishi natijasida, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi nomi bilan 2023 yil 4 – sentyabrdan qayta tashkil etildi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boʻyicha 2023/2024-o‘quv yilida 30 ta asosiy shtat birligi bo'lib, ulardan 2 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 1 nafar assistent PhD, 2 nafar fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), 18 nafar assistent va 2 nafar stajyor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritmoqda. 2023/2024 - oʻquv yilida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyotida milliy davlatchiligimiz yuksalishining ob’ektiv va sub’ektiv omillari” mavzusi boʻyicha  ilmiy izlanish olib boradi.
Kafedra mudiri vazifasida falsafa fanlari doktori professor J.Ya.Yaxshilikov faoliyat olib bormoqda.
Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Kafedra a’zosi kafedra katta o‘qituvchisi Sattorova Ibodar G‘afforovna  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, kafedra assistenti Saipov Ulug‘bek Zufarovich  filologiya fakultetining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqda.
Kafedraning professor o‘qituvchilari 60111100-Tarix yo‘nalishi kunduzgi sirtqi va kechki ta’lim shaklida ta‘lim olayotgan talabalarga barcha fanlardan darslar o’tib kelishmoqda. 
Kafedrada magistratura yo‘nalishi mavjud: 
70111101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi yo’nalishlari.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) yo’nalishida 6 nafar magistrant tahsil olmoqda.