Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Fizika astronomiya kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
Institut Ilmiy Kengashining 2023 yil 23-iyuldagi 9-sonli qarori asosida Amaliy matematika va fizika fakulteti tarkibida Fizika-astronomiya kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra tarkibi: Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 6 nafar fan nomzodi, dotsentlar va 11 nafar assistentlar hamda tashqi o’rindoshlik asosida 2 nafar fan doktori, professor, 1 nafar  fan nomzodi, dotsentlar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra ilmiy salohiyati 35% ni tashkil qiladi. Kafedra professor-o’qituvchilari 60110700 - Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, 60110800-Kimyo, 60110900-Biologoya, 60110600- Matematika va informatika yo’nalishlarida tahsil olayotgan  bakalavr talabalariga ta’lim-tarbiya bermoqdalar.
o'quv faoliyat- O’quv jarayoniga bog’liq barcha me’yoriy hujjatlar va fanlar tasdiqlangan DTS va na’munaviy o’quv dasturlari asosida tuzilib, dars jarayoni mazkur dasturlar asosida olib boriladi. Kafedradagi ixtisoslik fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslari yetakchi professor – o’qituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlari namunaviy o’quv dasturlariga mos holda asbob – uskunalar bilan ta’minlangan “Umumiy fizika” ning “Mexanika”, ”Molekulyar fizika va termodinamika”, ”Elektr va magnetizm”, ”Optika”, ”Atom, yadro va elementar zarrachalar”, ”Fizika o’qitish metodikasi”, “Astronomiya” o’quv laboratoriyalarida olib boriladi. Professor-oqituvchilarning shaxsiy ish rejalaridagi oquv yuklamalari taqsimoti 2018 yil 10 sentyabrdagi №20-2018 vaqt meyorlari asosida taqsimlangan.
 Ilmiy faoliyat- Kafedra professor-o’qituvchilari hozirgi kunda “Ta’lim-tarbiya jarayonida aniq fanlarni o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
         2024 yil 1 yanvardan boshlab kafedra professor-o’qituvchilari 2 yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot  ishlari olib borishni rejalashtirgan.
Kafedra bosh ilmiy mavzulari
1. Uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiya fanilarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-metodik jihatlari.
2.  Yorug’likning kombinasion sochilishida molekulyar agregasiyalar-ning  spektral namoyon bo’lishini tajribaviy va kvantoximik hisoblashlar orqali o’rganish.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023/2024 o‘quv yilida Xorijiy (shu jumladan Scopus va Web of Science bazasidagi) va OAK ro‘yxatidagi respublika ilmiy jurnalarida, konferensiya anjumanlarida chop etilishi rejalashtirilgan ilmiy ishlar to‘g’risida ma’lumot;  
Ma'naviy faoliyat- Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan kafedraning maʼnaviy ishlari yillik ish rejasi asosida quyidagi mavzularda amalga oshiriladi: “Narkotiklarning oqibatlari”, “OITS-davr vabosi”, “Kitobxonlik kechasi”, “Navroʻz bahor nafasi”, “Vatan himoyachilari-yurt tayanchi”, “Sport-sogʻliq garovi”, “Ayol borki olam munavvar”, “Xotira va qadrlash insoniylikdan darak”
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
1. Mexanika
2. Fizik praktikum
3. Molekular fizika va termodinamika
4. Nazariy fizika 1
5. Umumiy astronomiya
6. Umumiy fizika II (Elektr va magnetizim, Optika)
7. Qiziqarli fizika va olimpiada masalalari
8. Robototexnika
9. Umumiy fizika
10. Nazariy fizika
TO'GARAKLAR- kafedra qoshida 2 ta fan to’garaklari “Fizika” va “Yosh optiklar” to’garaklari faoliyat ko`rsatmoqda. To’garakning maqsadi - Kelajakda ilmiy ish bilan sug’ullanuvchi talabalarni tayyorlash (SamDU Muhandislik fizikasi institutining “Optika va spektroskopiya” kafedrasi bilan hamkorlikda). Bu to’garaklarga assistent Badalov Qodir rahbarlik qilmoqda.  Bundan tashqari “Radio elektronika” (O’quv laboratoriyalari va uyda ishlatidigan elektr asbob-uskunalarini ta’mirlash o’rgatiladi) va “Robototexnika” (Fizika o’quv laboratoriyalarini modellashtirish o’rgatiladi) to’garaklari yo’lga qo’yilgan.  Bu to’garaklarga assistent Zoirov Sanjariddin  rahbarlik qilmoqda.