Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Biologiya va geografiya kafedrasi

KAFEDRA TARIXI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi №408 Qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida 15 ta kafedra shakllantirildi. Shular qatorida: Tabiiy fanlar kafedrasi ham tashkil etildi. Kafedra tarkibida bakalavr bosqichi uchun 3 ta “Kimyo”, “Biologiya”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yoʻnalishlari, magistratura bosqichi uchun 3 ta Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (kimyo, biologiya va geografiya) yoʻnalishlari mavjud edi. 2021-yil 6-avgustdan Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi munosabati bilan Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tashkil topdi. Fakultetga prof. B.T.Haydarov dekan etib tayinlandi. Tabiiy fanlar kafedrasi Aniq - tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida faoliyat olib bordi. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida 2021-yil  10-avgustdan F.A.Xamroyeva  ishlab keldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Ilmiy kengash qaroriga koʻra (Bayonnoma 2023 yil №9) Tabiiy fanlar fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultet tarkibida Biologiya va geografiya kafedrasi ochildi. Biologiya va geografiya kafedrasida asosiy shtat birlik bilan ishlaydigan professor-oʻqituvchilar 30 nafarni tashkil etib, shundan 6 nafari falsafa doktori (PhD), 21 nafari assistent va qolgan 3 nafari stajyor-assistent hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kafedra boʻyicha ilmiy salohiyat 20 foizga teng.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
    • talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;
    • talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish;
    • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
    • darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish;
    • mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedrada mavjud yoʻnalishlar
Bugungi kunda kafedrada ikkita yoʻnalishning bakalavriat hamda magistratura bosqichlari boʻyicha 650 ga yaqin talaba oʻzbek, rus hamda tojik tillarida taʼlim olishmoqda. Mazkur talabalarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi fanlardan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Kafedraning oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyati
Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan shu kunga qadar 1 ta darslik, 3 ta monografiya, 2 ta oʻquv-qoʻllanma hamda 10 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar nashr etilgan. Bundan tashqari bir qator xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar hamda tezislar nashr etilgan. Shu jumladan:
 
  • Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar – 72 ta
  • Xalqaro va MDH davlatlarida ilmiy konferensiya va simpozium – 6 ta
  • Oliy attestatsiya komissiyasi ryxatidagi gazetalardagi maqolalar – 1 ta
  • Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalar – 17 ta
  • Respublika anjumanlarida chop etilgan maqolalar – 37 ta
  • Scopus bazasidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar – 7 ta
  • Web of Science  bazasidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar-2 ta
Kafedra qoshida 2 ta toʻgarak faoliyat yuritmoqda
1. “Beruniy izdoshlari” toʻgaragi (rahbar: S.Mirzaliyev)
2. Yosh biologlar” toʻgaragi (rahbar: Sh.Tursunova)
Professor-oʻqituvchilar tarkibi
Hozirgi kunda kafedrada 30 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan, 6 nafari falsafa doktori (PhD), 24 nafari esa assistent hisoblanadi. Bundan tashqari bir qator professor-oʻqituvchilar dotsentlik va katta oʻqituvchilik unvoniga ham ega.