Ko'proq ma'lumot
60110700- Fizika va astronomiya ta‘lim yo‘nalishi umumta‘lim maktablari uchun o‘qituvchilar va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy – pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘llanuvchi mutaxassislar tayyorlaydi. O'qish davrida talabalar umumiy fizikaga doir fizikaviy qonuniyatlarni chuqur o'rganish, fizikaviy qonuniyatlarni qulay o'rgatish uchun asosiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
Ushbu yo ‘nalishdagi dastur fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi, astronomiya, nazariy fizikaga oid asosiy fundamental tushuncha va qonunlarni tajribada tekshirish, tajriba o‘tkazish, eksperimental fizikada ko‘rinadigan asosiy metodlarni qo‘llash, eksperimental ko‘rgazmalar bilan mustaqil ishlash, yuqori aniqlikda tajriba natijalarini olish va tahlil qilish, tajriba xatoliklarini hisoblashni o‘rganadigan dastur hisoblanadi. Dastur talablari asosida uumta‘lim maktab oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Shuningdek dastur olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʼllashga qaratilgan.