Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi (magistratura)

Ko'proq ma'lumot

70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadriar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.
Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil.
Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi - qo'shimcha ravishda oliy ta'limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.