• Kirish

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

Ko'proq ma'lumot

61010300 – Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) – Xizmat koʻrsatish sohasiga oid yoʻnalish boʻlib, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, sport turlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish, maktabgacha, umumiy oʻrta, professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va oʻtkazish, sport turlariga oid harakatlarga oʻrgatish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid vositalar, tamoyillarni qoʻllash, harakatlarga oʻrgatish, yosh davrlariga nisbatan vosita va uslublarni tanlash, jismoniy yuklamalarni miqdor va sifat jihatdan boshqarish va individuallashtirish, jismoniy mashgʻulotlarni rejalashtirish, nazorat va tahlil qilib borish, sport faoliyatining asosiy tamonlarini boshqarish, sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari xizmatlar sohasidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishini tamomlagandan soʻng maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim va professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanidan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida parasport turlari boʻyicha sport mashgʻulotlari olib borish, sport jamoalari, sport klublari, sport musobaqalari, ishlab chiqarish korxonalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.