Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi (magistratura )

Ko'proq ma'lumot

70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.

Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil.

Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.

Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.