Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi

Ko'proq ma'lumot

70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil. Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi. Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining xajmi 60 kredimi tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari - ta'lim sohasiga oid mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.