• Kirish

Sana’tshunoslik fakul’teti

FAKULTET TARIXI  
     San’atshunoslik fakulteti dastlab, 1969-0yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida “Musiqa va ashula” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Yillar davomida kafedra kengayib,  1982 yildan “Musiqa ta’limi” fakultetiga aylangan. 2000-yillardan keyingi davr fakultet uchun ijodiy ishlar va yutuqlarga erishish davri bo‘ldi. Aynan musiqa ta’limi fakul’teti talabalaridan tashkil topgan universitetning “Ilhom” teatr-studiyasi 2001 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi ko‘rik tanlovda «Behbudiy» asari bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni, «Xazina-2003» o‘zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida «Chet ellik kuyov» asari bilan ishtirok etib, respublikada  3-o‘rinni, «Nihol-2004» festivalida «Mehr-muruvvat chashmasi» sahna asari bilan ishtirok etib, respublikada  1-o‘rinni, «Xazina-2005» o‘zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida «Al-iksir – jon malhami» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o‘rinni, «Nihol-2006» teatr san’ati festivalida «Asalari ibrati» spektakli bilan ishtirok etib, respublikada 1-o‘rinni egallagan.  Shu yilni o‘zida «Barhayot an’analar» folklor festival tanlovida Dilorom Dilhohning «Oqtov oydini» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o‘rinni, 2007 yili esa «So‘g‘d bayrami» asari bilan ishtirok etib, respublikada Gran-priga sazovor bo‘ldi. 
   2008-yil 10-noyabrda kasbiy ta’lim fakulteti bilan musiqiy ta’lim fakultetlari birlashib, san’atshunoslik fakulteti tashkil topdi. Bularning barchasi ma’naviy barkamollikka erishuv yo‘lidagi keng jabhada olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlardir. Zero, ma’naviyat-ma’rifat sohasini yuksaltirish borasidagi har qanday tadbir kelgusi taraqqiyotimizning ishonchli va mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi. 2008-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan talabalarimiz Qarshi shahrida o‘tkazilgan tadbirda  «Baxshi bayoti» pesasi bilan ishtirok etib, respublikada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Fakultetning tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi dastlab 2010-yil  sentabr oyiga qadar SamDU  Kasbiy ta’lim fakulteti tarkibida  “Kasbiy ta’lim” kafedrasi nomi faoliyat olib borgan. 
   SamDU ilmiy kengashining 2010-yil 25-fevraldagi qarori va universitet rektorining 2010 yil 7 iyundagi № 163 IJ buyrug‘i bilan 2010 yil 2 sentabrdan San’atshunoslik fakulteti tarkibida «Badiiy grafika va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi.Fakultet 2012-yildan 2015-yilgacha SamDU “Musiqa, badiiy grafika va mehnat ta’limi” fakulteti; 2015-yildan 2019-yilgacha “Kasbiy ta’lim” fakulteti deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan birinchi tashabbusning amaliy ijrosi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida san’atshunoslik fakultetlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-maydagi 404-sonli qarori va Samarqand davlat universiteti rektorining 2019 yil 7-maydagi №-367-ij sonli buyrug‘i asosida musiqa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari negizida “San’atshunoslik fakulteti”qayta tashkil etildi.
 Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
Bakalavr:
- 60111300 - Musiqa ta’limi
- 60111200 - Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi
- 60112300 - Texnologik ta’lim
   Fakultet kvalifikatsiyasi
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasiIxtisoslik (Kvalifikatsiya) – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qituvchisi
O’qish muddati: 3 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o’rta ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o’qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o’rta maxsus va professinal ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib boorish;
- O’zbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotch ishlari bilan shug’ullanish;
- umumiy o’rta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o’rta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60111300 – Musiqa ta’limi
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) –Musiqa ta’limi o’qituvchisi
O’qish muddati: 3 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60111300 – Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60111300 - Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o’rta ta’limda musiqa madaniyati fani o’qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o’rta maxsus va professinal ta’limda musiqa madaniyati fan o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib boorish;
- O’zbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotch ishlari bilan shug’ullanish;
- umumiy o’rta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o’rta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60112300 –Texnologik ta’lim
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) –Texnologik ta’lim o’qituvchisi
O’qish muddati: 3 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60112300 –Texnologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60112300 - Texnologik ta’lim bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy o’rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o’quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o’rta ta’limda texnologiya fani va kasb tanlashga yo’llash o’qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o’rta maxsus va professinal ta’limda mutaxasislik fanalari o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- maktabdan tashqari ta’limda to’garak fanlari o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib boorish;
- tashkilotlarda hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug’ullanish va fan o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O’zbekiston Resbublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotch ishlari bilan shug’ullanish;
- umumiy o’rta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o’rta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri tyutor sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Magistratura 
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha magistratura kasbiy faoliyatining tavsifi.
70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha magistratura kasbiy faoliyatining sohalari.
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi bakalavriat taʼlim yoʼnalishi – pedagogika sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u oʼz ichiga umumiy oʼrta taʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlimgacha boʼlgan taʼlim muassasalari uchun tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlaridan oʼqituvchilar tayyorlash, maktab va maktabdan tashqaridagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borish uchun pedagog xodimlar tayyorlash bilan bogʼliq boʼlgan kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Oʼquvchilarni badiiy ijodga yoʼnaltirish, kasbga yoʼnaltirilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining pedagogik faoliyat jarayonlari, umumiy oʼrta taʼlim, kasb hunar taʼlimi, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida tasviriy sanʼat fanlaridan oʼqituvchi, yoshlar ijodiyot uylarida tasviriy sanʼat toʼgarak rahbari, taʼlim sohasidagi yuqori va quyi tashkilotlarda pedagog mutaxassis, ishchi xodim, rahbar, fundamental fan, pedagogika va xususiy metodika sohasidagi muammolarni tadqiq qilish uchun ilmiy faoliyat bilan shugʼullanish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) –Musiqa ta’limi o’qituvchisi
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70111301 – Musiqa ta’limi va san’at yo’nalishi bo’yicha magistrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
70111301 – Musiqa ta’limi va san’at yo’nalishi bo’yicha magistrrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
Musiqa ta'limi va san`at  magistratura mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlovchi oliy ta`limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg'ulotlarini to`liq o`zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o`tgan shaxsga «magistr» malakasi (darajasi) ҳamda oliy ma`lumot tog’risidagi davlat namunasidagi rasmiy ҳujjat(lar) beriladi.
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
Bakalavr
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300 – Musiqa ta’limi
60112300 –Texnologik ta’lim
Magistratura:
- 70111202  - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
- 70111301  - Musiqa ta’limi va san’at 
Magistratura:
- 70111202  - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
- 70111301  - Musiqa ta’limi va san’at 
 Ma’naviy-marifiy ishlar 
    Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet hamda institut rahbariyati tomonidan turli xildagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yillik ish reja tasdiqlangan bo‘lib, talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida “Zakovat”, “Munozara-debat”, “Kitobxonlik”, “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati ham yo‘lga quyilgan. Bundan tashqari milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy me’rosini targ‘ib yetish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xona-donlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo‘yicha faoliyat olib boriladi. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni Respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida hamda Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasida ham ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
   Tabiiy fanlar fakultetida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy xurujlardan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy, vatanparvar fidoiysi bo‘lib kamol toptirish va ongi-shuurini yurt ravnaqiga dahldor qilib shakllantirishdan iborat.