• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Magistratura

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 202-yil 30-iyundagi 408-sonli qaroriga ko‘ra Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga ko‘ra Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Oʽzbekistonda1997-yil 29-avgustda ta’lim yo’nalishini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida Oʽzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlariga ko‘ra, 1999 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura bo‘limlari ochilib, magistrlar tayyorlana boshlandi. 2021/2022 o‘quv yilida institutning 11 ta kafedralari:

    1.Aniq fanlar kafedrasi

    2.Tabiiy fanlar kafedrasi

    3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    4.Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi

    5. Pedagogika kafedrasi

    6. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

    7. O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi

    8. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlari kafedrasi

    9. Musiqa ta’limi kafedrasi

    10. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi

    11.Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi 14 magistratura mutaxasisisliklari tashkil etildi:

    1. 70110601-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) (fan dasturi)
    2. 70110701-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) (fan dasturi)
    3. 70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Ta’limda axborot texnologiyalari) (fan dasturi)
    4. 70110901-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya) (fan dasturi)
    5. 70110801-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) (fan dasturi)
    6. 70111001 -Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) (fan dasturi)
    7. 70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (fan dasturi)
    8. 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha) (fan dasturi)
    9. 70110501– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim) (fan dasturi)
    10. 70111101Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) (fan dasturi)
    11. 70111401-Ozbek tili va adabiyoti (fan dasturi)
    12. 70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi (fan dasturi)
    13. 70111301-Musiqa ta’limi va sanat (fan dasturi)
    14. 70110201– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)(fan dasturi)

    Mutaxassisliklar bo‘yicha fanlar katalogi

    Magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni “Ta’lim to’g’risida“ gi qonun, ta’lim yo’nalishlariga muvofiq “Davlat ta’lim standarti“ va “Malaka talablari“ asosida amalga oshiriladi. Magistratura mutaxassisliklarida oʼqitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va kredit modulli oʼquv tizimidan foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Magistrantlarga kafedralarning yetuk professorlar, dotsentlar, fan nomzodlari ta’lim bermoqda. Yaratilayotgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda. Magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni o‘zbek tilida olib boriladi. Magistrantlarning ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning dasturi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi O‘RQ-576-sonli «Ilm fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni, hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi «Magistratura to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi 36-son qarori asosida tashkil etilgan. Magistrantlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda o‘z fondida 19285 nomdagi nashrga ega bo‘lgan ARM (axborot-resurs markazi) alohida e’tiborga loyiq. Bu yerda fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlar ham mavjud.