Samandarova Dildora Javlon qizi
- 2026-01-07
Matematika va informatika yo‘nalishi
Samandarova Dildora Javlon qizi — Samarqand davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo‘nalishining iqtidorli, tashabbuskor va jamoatchilik ishlarida faol talabalaridan biridir. U 2023–2025-yillar davomida yoshlar bilan ishlash, targ‘ibot-tashviqot, ilmiy, media va startap yo‘nalishlarida samarali faoliyat olib borib, institut, viloyat va respublika miqyosidagi loyihalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Erishgan yutuqlari
- 2023–2025-yillar davomida YIBTda “Yoshlar daftari va metsenatlik” yo‘nalishi hamda fakultet koordinatori (yoshlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi) sifatida faoliyat yuritgan;
- UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ishtirokchisi;
- Samarqand shahrida Fransiya Alyansi ochilish marosimi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi rasmiy tadbir qatnashchisi;
- Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan III Xalqaro ekologiya va turizm qurultoyi doirasida tashkil etilgan “Siz eko qonunlarni bilasizmi?”, “Zakovat” va “Eko-kvest” musobaqalari ishtirokchisi;
- Oliy va professional ta’lim muassasalari yetakchilari, koordinatorlari hamda kuch tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida jamoaviy 1-o‘rin sohibasi;
- “Yilning eng faol talabasi – 2023” Respublika ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha institut bosqichi 2-o‘rin;
- “Yilning eng faol talabasi – 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha institut bosqichi 1-o‘rin;
- Samarqand MTRKning “Assalom, Samarqand”, “Yoshlar vaqti”, “Islohotlar amalda” teleko‘rsatuvlari qahramoni;
- “Samarqand MTRK”, “O‘zbekiston 24” va “Qashqadaryo MTRK” telekanallarida jami 13 marotaba intervyular bilan ishtirok etgan;
- “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovida institut bosqichi 1-o‘rin, hududiy bosqich 1-o‘rin hamda mintaqaviy bosqich ishtirokchisi;
- “Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan eng yaxshi koordinator” nominatsiyasi sohibasi (2025);
- “Zakovat” intellektual o‘yini “Rektor kubogi” musobaqasida jamoaviy 2-o‘rin, shuningdek 2023–2025-yillarda o‘tkazilgan Talabalar ligasining muntazam sovrindori;
- “Yosh kitobxon” talabalar ligasi 2-o‘rin (2024) va 1-o‘rin (2025);
- Samarqand davlat pedagogika instituti “Dayjest” axborot loyihasi boshlovchisi;
- Institut miqyosida “Siz bilgan va bilmagan”, “Zukko kitobxon”, “Dekan kubogi”, “30 problem – 30 solution”, “Pedagogik kontent”, “Podcast” kabi 10 ga yaqin media, kitobxonlik va ilmiy loyihalar muallifi;
- “Aksilkorrupsiya bilimdoni” tanlovida 2-o‘rin sohibasi;
- “Mening start-up g‘oyam” tanlovining “Yilning eng yaxshi ekologik loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin;
- “ECO Industry” va “AntiKor” startap loyihalari muallifi;
- 10 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek 3 ta publitsistik maqolalari “Zarafshon” hamda “Samarqand yoshlari” gazetalarida nashr etilgan;
- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasida 2-o‘rin sohibasi;
- “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha institut bosqichi g‘olibasi.
Ushbu yutuqlar Samandarova Dildora Javlon qizining yuqori intellektual salohiyati, tashabbuskorligi, media va startap faoliyatidagi faolligi hamda yoshlar bilan ishlashdagi yetakchilik qobiliyatini yaqqol namoyon etadi.
