Одаренные студенты

Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi

  • Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi
  • 2026-01-09

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi

Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi — jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi yo‘nalishining iqtidorli, ilmiy-ijodiy faol hamda sport sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan talabalardan biridir. U o‘quv jarayoni bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, trenerlik va jamoatchilik faoliyatida ham samarali ishlar olib bormoqda.

Erishgan yutuqlari

  • Prezident stipendiyasi nomzodi;
  • 2023-yilda gimnastika yo‘nalishida yosh sportchilarni tayyorlashda erishgan natijalari uchun “Eng yaxshi trener” sifatida bir necha bor tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan;
  • 2024–2025-o‘quv yillarida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti tomonidan tashkil etilgan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni egallagan;
  • 2024-yilda “Global Youth Festival Uzbekistan 2024” xalqaro festivalida volontyor sifatida ishtirok etgan;
  • 2024–2025-o‘quv yilida “Pahlavon Mahmud” davlat stipendiyasi sohibasi;
  • 2025-o‘quv yilida “Badiiy gimnastika” fanidan 61010300 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma muallifi;
  • “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gimnastika mashqlarini noan’anaviy mashqlar asosida o‘rgatish usullari” mavzusida hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar (shundan 5 tasi OAK ro‘yxatidagi nashrlarda) muallifi;
  • 2024-yilda “Umid” nashriyotida chop etilgan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini noan’anaviy jismoniy mashqlar vositasida oshirish” nomli 170 betlik monografiya muallifi;
  • “Scientific Academy” ilm-ma’rifat markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 82-sonli buyrug‘iga asosan MDH miqyosida ta’sis etilgan “Ta’lim sohasidagi fidoyi xizmatlari uchun” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ushbu yutuqlar Narmamatova Sabina G‘ayrat qizining sport va ta’lim sohasidagi yuqori salohiyati, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishi hamda yosh avlodni jismoniy tarbiyalashdagi fidoyiligini yaqqol namoyon etadi.

ОСТАВАЙСЯ С НАМИ