• Вход

60530500 – Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Подробнее

60530500 – Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi

60530500 – Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki (sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil.
60530500 – Fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari kasbiy faoliyatining sohalari:
Fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib,
- umumiy o‘rta, ixtisoslashtirilgan va professional ta’lim muassasalarida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi;
yuqoridagilar bilan birgalikda, tibbiyot fizigi:
- ishlab chiqarish sohasida fizika, tibbiyot fizigi, dasturchi, muhandis-tadqiqotchi;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari;
- diagnostika va davolash markazlari;
yuqoridagilar bilan birgalikda, fizik dasturchi:
- eksperimental natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishga qaratilgan markazlar;
- yo‘nalishga oid nazariy tadqiqotlarda matematik tenglamalarni kompyuter dasturlari yordamida yechishga qaratilgan tarmoqlar;
- informatsion texnologiyalar;
- raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt;
- davlat boshqaruvi organlari bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.