• Kirish

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining logotipi yangilandi

  • 2024-06-08
  • 2097
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining logotipi yangilandi

Bugun institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining yangi logotipi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

Unda institut rektori Shahzoda Negmatova nutq soʻzlab, yangi, zamonaviy dizaynga ega institut ramzining joriy etilayotgani bilan barchani tabrikladi.

Tadbir ishtirokchilariga institutning yangi ramzi tushirilgan futbolka, kepka, bayroqlar tarqatildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar ishtirokchilarga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Teglar
BIZ BILAN BO'LING