- 2026-06-18
- 23
Samarqand davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Ahmedov Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining “Yosh olimlar” forumida ishtirok etmoqda.
Nufuzli xalqaro forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va ekspertlar ilm-fan, ta’lim, innovatsiyalar hamda xalqaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashmoqda. Tadbir davomida zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Samarqand davlat pedagogika instituti vakilining ushbu forumdagi ishtiroki institutning xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.





