E'lonlar

  • 2025-09-25
  • 5813
  • Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Samarqand davlat pedagogika institutida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi
Samarqand davlat pedagogika institutida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 79-5-son bayoniga muvofiq, Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi.

❗️ Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.

📄 Ma’lumot uchun: to‘lov shartnomasini olish uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn ariza yuborishlari mumkin. 

Yuklab olish (PDF)

Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati

Share This Post