- 2024-05-25
- 2324
Xalqaro ilmiy loyihalar va grantlarni qanday yutish mumkin?
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan Hindistonlik professor Aziziddin Khan tomonidan “Xalqaro ilmiy loyihalar tayyorlash hamda Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish yo’llari” mavzusida seminar o’tkazildi.
Unda professor Aziziddin Khan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalari va ularni qo’lga kiritish yo’llari hamda Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish bo’yicha ma’lumot berdi.
Seminarda institut professor-o’qituvchilari va magistrantlari qatnashdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati