- 2025-11-08
- 6313
- Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!” — SamDPIda talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlovlar e’lon qilindi

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
✅ “Korrupsiya kelajakka tahdid!” mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi 10–11 noyabr kunlari soat 10:00 da “Tasviriy san’at va texnologik ta’lim” kafedrasining ijodiy zalida bo‘lib o‘tadi.
✅ “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi eng yaxshi esselar tanlovi 13–14 noyabr kunlari soat 11:00 da Tillar fakultetining 2-qavat, 204-auditoriyasida o‘tkaziladi.
✅ “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi 10–17 noyabr kunlari davomida o‘tkaziladi.
Videoroliklar quyidagi manzillarga yuboriladi:
✉️ +99894 913 72 32
✉️ https://t.me/SamDPI_Antikorrupsiya
🎁 Tanlov g‘oliblari 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan institutda o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
