E'lonlar

  • 2025-11-14
  • 5639
  • Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish boʻyicha....
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish boʻyicha....

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha vazirlikning 2025-yil 28-oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini oʻtkazish haqida”gi 412-son buyrugʻining 3-bandida sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishi va bunday muhitni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uchun xodimlar va aholi oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali anonim soʻrovnomalar oʻtkazish vazifasi belgilangan.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, vazirlik tizimida korrupsiya holatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash, bunday vaziyatlarni aniqlash, aholi hamda barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan
ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida https://forms.gle/mAhtHzzBJ2boU5rp9 havolasi orqali “Anonim soʻrovnoma” (savolnoma) ishlab chiqildi. 

🔵 Soʻrovnomaning barcha natijalari anonim hisoblanadi. So'rovnomada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.

⌨️ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/mAhtHzzBJ2boU5rp9

Share This Post