E'lonlar

  • 2025-12-02
  • 5889
  • Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
SamDPIda  “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishga tushirildi!
SamDPIda  “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishga tushirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 13.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini yaratish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq asosida Samarqand davlat pedagogika instituti tomonidan yangi axborot tizimi — 📱@SamDPI_tyutormurojaat_bot to‘liq ishga tushirildi.

➡️ Ushbu bot orqali talaba-yoshlar va ularning ota-onalari:

🏦 murojaatlarini tezkor yuborish;
🏦 mas’ullar bilan bevosita muloqot qilish;
🏦 taklif va muammolarni onlayn yetkazishlari mumkin.

📲 Bot faoliyati institutda tyutorlik tizimining samaradorligini oshirish, talabalar bilan ochiq muloqot maydonini kengaytirishga xizmat qiladi.

🔗 Bot manzili: @SamDPI_tyutormurojaat_bot

Share This Post