E'lonlar

  • 2026-02-09
  • 5694
  • Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi

Samarqand davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida yoshlarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi.

🗓 2026-yil 17-fevral
⏰ 11:00 da
📍 Bosh bino faollar zali

➡️ Tanlovning asosiy maqsadlari:

🟢 talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish;
🟢 O‘zbekiston tarixi va boy madaniy merosini o‘rganishga rag‘batlantirish;
🟢 yoshlarning ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy tafakkurini rivojlantirish.

Tanlov davomida fakultetlararo jamoalar milliy urf-odat va an’analar, qadriyatlar, sahnalashtirilgan kompozitsiyalar hamda musiqiy chiqishlar orqali o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etadilar.

⚡️ Barcha talabalar va jamoalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Share This Post