- 2026-03-16
- 5670
- Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Samarqand davlat pedagogika institutida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu quvonchli bayramga institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda barcha talabalar taklif etiladi.
📍 Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi, 18-uy. Ijtimoiy fanlar va tillar fakultetlari binolari hovlisi.
🗓 2026-yil 17-mart
🕔 16:00 da
Bayram dasturidan o‘rin olgan tadbirlar:
Sumalak sayli
Osh tayyorlash
Fakultetlar tomonidan hududlarni bayramona bezatish
Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi
Milliy sport o‘yinlari
Konsert dasturi
Barchangizni milliy qadriyatlarimiz, bahor nafasi va Navro‘z shukuhi mujassam bo‘lgan ushbu bayramga taklif etamiz!
