- 2026-06-01
- 116
- Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi 166-uy. Samarqand davlat pedagogika instituti kichik majlislar zali.
Samarqand davlat pedagogika institutining "Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi" akademik lavozimlarga munosib nomzodlarni aniqlash va saralash bo‘yich
Samarqand davlat pedagogika institutining “Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi” akademik lavozimlarga munosib nomzodlarni aniqlash va saralash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!
Ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar rivojiga befarq bo‘lmagan, kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan salohiyatli mutaxassislarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Agar Siz zamonaviy fikrlovchi, mas’uliyatli, tashabbuskor hamda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lsangiz, bizning jamoamiz safidan munosib o‘rin egallashingiz mumkin.
Tanlov uchun talab etiladigan hujjatlar:
— Ma’lumotnoma (obyektivka);
— Ilmiy darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa);
— Ilmiy unvonga egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa);
— Nomzodning ilmiy ishlari va ixtirolari ro‘yxati;
— Tegishli diplom va attestatlar nusxalari;
— Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
— Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa).
Bo‘sh akademik yo‘nalishlar:
— Ingliz tili;
— Matematika;
— Informatika;
— Pedagogika;
— Falsafa.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin:
Kelajak pedagoglarini birgalikda tayyorlaylik!
